Xalqaro savdoning amaldagi qoidalari rivojlanişni sekinlaştirmoqda, ularni özgartiriş lozim, deb aytdi "Ipak yöli" xalqaro savdo palatasi raisi Çjunxan Li Afinadagi YeI-Yevrosiyo-Xitoy forumida.
Uşbu sammit "Şarqdan Ğarbga tomon köprik qurib" deb atalib, The Economist jurnali tomondan taşkillaştirilgan.
"Jahon iqtisodiyoti ayni vaqtda juda sekin rivojlanmoqda. Xalqaro savdo qoidalari va standartlari töliq emas yoki noqulaydir va barqaror iqtisodiy rivojlaniş yölida boş tormoz hisoblanadi. "Ipak yöli"ning sentabrdagi biznes-sammiti 90 ta xalqaro taşkilot va biznes-uyuşmalarni jalb qildi va biz transmilliy savdo standartlari va qoidalarini qabul qiliş böyiça taklif bildirdik", deb aytdi Çjunxan Li.
"Biz köpriklar quriş va köproq özaro aloqani ta'minlaş uçun birga "Ipak yöli"ni quruqlikda, dengizda, havoda va kiberhududda qurişimiz kerak. Qadimdan beri özaro aloqalar iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning asosiy şarti hisoblanadi", deb aytdi Xitoy vakili.
U "Bir kamar, bir yöl" loyihasi Xitoy yetakçisi tomondan taklif qilingani va Xitoyni Yevropa bilan boğlaşi kerakligini eslatib ötdi.








