Bonhams kim oşdi savdo uyi atigi 99 dona işlab çiqilgan Mercedes-Maybach G650 Landaulet yöltanlamasining sönggi nusxasini sotuvga qöydi. Belgiyalik öz nomini oşkor qilmagan xaridor maşinani 1,2 million yevroga xarid qildi. Yöltanlamasning asl qiymati 630 ming yevro bölgani e'tiborga olinsa, kim oşdi savdosida uning qiymati deyarli 2 baravar oşganini anglaş qiyin emas.
Xayrim kim oşdi savdosining eng qimmat buyumi bölgan maşina Mercedes-Benz G 500 4×42 negizida barpo etilgan. U juft turbo V12 motor bilan jihozlangan bölib, 630 ot kuçi bilan ta'minlaydi. G 500 4×4² «lando» modelidan, şuningdek portal öqlari, barça differensiallarni bloklaş va 450 mmli yöl-kuzov oraliği ham özgarişsiz qoldi.

Mercedes-Maybach G650 Landaulet orqa örindiqlaridagi yölovçilar haydovçidan şişa tösiq bilan ajratilgan. Ularning ixtiyorida elektrboşqariluvçi va uqalovçi S-Class örindiği, alohida multimedia tizimi displeylari, isitiş va sovutiş imkonini beruvçi jom qöygiç, noutbuk uçun alohida stolça bor. Yöltanlamas saloniga buzoq terisi va uglerod tolasidan yasalgan jihozlar bilan işlov berilgan.
Mercedes-Maybach G650 Landaulet krossoverining birinçi nusxasi 1,3 million yevroga sotilgan edi.







