Özbekistonlik taniqli kuraşçi sambo böyiça jahon çempioni Sobir Qurbonov 68 yoşida vafot etdi. Bu haqda sportçining yaqinlari Kun.Uz‘ga ma'lum qilişgan.
Sobir Qurbonov 1975 yilda Belarus poytaxti Minskda bölib ötgan sambo böyiça jahon çempionatida 74 kg.gaça vaznda oltin, 1974 yilda Madridda bölib ötgan Yevropa çempionati kumuş medalini qölga kiritgandi. Şuningdek Qurbonov Sobiq Ittifoq çempioni, Ittifoq xalqarlari spartakiadalari ğolibi bölgan.
Sobir Qurbonovdan keyin uning kasbini öğli Akobir Qurbonov davom ettirgan. Akobir 1999 yilda ilk marta taşkil etilgan özbek kuraşi böyiça jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritgan.








