Fanlar akademiyasi prezidenti, fizika-matematika fanlari doktori, akademik, Oliy Majlis Senati a’zosi, fan arbobi Behzod Yöldoşev 28 avgust kuni 79 yoşida vafot etdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev uning oilasiga hamdardlik bildirdi.
Behzod Yöldoşev 1945 yil 9 mayda Toşkent şahrida tuğildi. Örta maktabni tugatganidan söng Toşkent davlat universitetini fizika mutaxassisligi böyiça tamomladi. Mehnat faoliyatini 1968 yilda Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti stajyor-tadqiqotçisi sifatida boşladi. 1972 yilda nomzodlik, 1982 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2000 yilda Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib saylandi.
Yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda keng e’tirof etilgan olim Yadro fizikasi instituti direktori, Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimlarida özining yuksak ilmiy va taşkilotçilik salohiyatini namoyon etdi. Yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaş, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş, ilmiy natijalarni iqtisodiyot tarmoqlarida qöllaş işlariga munosib hissa qöşdi.
Keyingi yillarda Fanlar akademiyasi prezidenti sifatida ilm-fan sohasini modernizatsiya qiliş, akademiya tuzilmasini takomillaştiriş, ilmiy-tadqiqot muassasalarini rivojlantirişga rahbarlik qildi.
Yorqin iste’dod va çuqur bilimga ega bölgan Behzod Yöldoşev uzoq yillik ilmiy faoliyati davomida yadro fizikasi va elementar zarraçalar fizikasi böyiça köplab kaşfiyotlar muallifi sifatida tanildi. Olimning 400 dan ortiq ilmiy işlari, monografiyalari, yadro tadqiqotlari böyiça fundamental tadqiqotlari nufuzli xorijiy naşrlarda çop etilgan. Uning rahbarligida önlab fan doktorlari va fan nomzodlari tayyorlandi.
U Xalqaro atom energiyasi agentligida fan böyiça maslahatçi, AQŞ Vaşington va Stenford universitetlari, Birlaşgan yadro tadqiqotlari instituti professori lavozimlarida işlagan. Bir qator rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy laboratoriyalarda xalqaro tadqiqotçilar guruhlari tomonidan bajarilgan yirik eksperimentlar hamda yadroviy xavfsizlikni mustahkamlaş va yadro qurollarini tarqatmaslik böyiça amaliy yeçimlar işlab çiqiş yuzasidan yirik loyihalarga rahbarlik qilgan.
Behzod Yöldoşev milliy parlamentarizmni rivojlantirişga munosib hissa qöşdi. 2000-2004 yillarda Oliy Majlisi deputati, keyingi vaqtda Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida samarali faoliyat olib borib, ilm-fan sohasini rivojlantirişga oid qonun loyihalarini işlab çiqiş va qabul qilişda özining jonkuyarligi va fidoyiligini namoyon etdi.








