Raqqosa, özbek raqs san’atida öz maktabini yaratgan «Özbekiston xalq artisti» Qizlarxon Döstmuhammedova 77 yoşida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

U 1946 yil 25 oktyabrda Toşkent şahrida tavallud topgan. 1965 yilda Toşkent davlat universitetini, 1977 yilda Toşkent teatr va rassomçilik san’ati institutini (hozirgi San’at va madaniyat instituti) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1965 yilda Özbek davlat filarmoniyasi balet solisti sifatida boşlagan va 1989 yilga qadar faoliyat olib borgan. Keyinroq «Özbekiston» teatr-studiyasi solisti (1989−1991), Toşkent davlat madaniyat instituti, «Xalq musiqasi» kafedrasi öqituvçisi (1991−1995), xalqaro «Oltin meros» xayriya jamğarmasi qoşidagi milliy mumtoz raqs dastasining boş badiiy rahbari sifatida (1999−2005) faoliyat yuritgan.

Qizlarxon Döstmuhamedovaning «Gözal», «Tong malikasi», «Gözal tong», «Intizor», «Buxoro yulduzi», «Sevgi taronasi», «Nozli» kabi zamonaviy, şuningdek, «Munojot», «Tanovar», «Möğulçai segoh», «Qoraközim», «Guluzorim», «Savti miskin» kabi mumtoz raqslari maşhur.

«Şaşmaqom» telefilmida qatnaşgan (1972), «Tanovar» raqs ansambli (Sietl, AQŞ)da özbek raqslarini sahnalaştirgan. AQŞ Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis kabi mamlakatlarda gastrol safarlarida bölgan.

Döstmuhamedova ijodiga bağişlab «Nafosat guldastasi» nomli film işlangan (1985). «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (2000).