Jahon | 14:58 / 17.10.2017
5182
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu: Isroil Suriyada Eron harbiy bazalari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi

Foto: AP

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvda Suriyada Eron harbiy bazalari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymasligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Isroil bosh vaziri matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

«Eron shuni tushunishi kerakki, Isroil bunga yo‘l qo‘ymaydi», - dedi Netanyaxu.

Shoygu va Netanyaxuning uchrashuvi Al-Qudsda bo‘lib o‘tmoqda, unda Isroil mudofaa vaziri Avigdor Liberman ham ishtirok etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid