iDeviceHelp nomi ostidagi videobloger özining YouTube-kanalida iOS 11 va 11.1 beta-versiyasining jiddiy kamçiligi haqida sözlab berdi. Uning ta'kidlaşiça, uşbu kamçilik yordamida smartfon blok tizimini çetlab ötib, undagi suratlarni tomoşa qiliş mumkin böladi.
Videoda u faqatgina "ölja"ning telefon raqamini bilib, uning fotogalereyasiga kiriş imkoniga ega böliş yölini körsatadi. Biroq buning uçun qönğiroqlarga javob beriş va Siri'ni çaqiriş uçun iPhone qölda bölişi kerak.
1. iPhone'ga qönğiroq qiliş zarur;
2. "Xabarlar", undan keyin esa "Boşqalar" variantini tanlaş;
3. Istagan uç emodzini kiritiş;
4. Siri'dan biror ilovani oçişni söraş. Video muallifi "Sozlamalar"ni tanladi;
5. Siri telefonni blokdan yeçişni talab qiladi. Şu payt ekranni aksinça yoqiş tugmasi bilan bloklaş kerak, keyin esa yana bir marta unga qönğiroq qiliş lozim;
6. Javobni tanlaşda xabarga ilova qöşiş imkoni paydo böladi. Masalan, galereyadan olingan suratni qöşiş mumkin.

TJ tekşiruvi şuni körsatdiki, amalga oşirilgan operatsiyadan keyin iPhone'ni bloklab, keyin yana qönğiroq qilinsa, ekranda darhol suratlar paydo böladi.












