Xalq deputatlari Uçqörğon tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi.
Endilikda tumanga şu vaqtgaça «Özbekinvest» eksport-import milliy suğurta kompaniyasi bölim boşliği lavozimida işlab kelgan Azimjon Abdimutaloviç Vahobov yangi rahbar bölgan. Viloyat hokimining şu haqdagi qarori sessiya davomida tasdiqlangan.
Sessiyada Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi Tursinxon Xudaybergenov iştirok etgan va sözga çiqqan.
Tumanga 2016 yil fevralidan buyon rahbarlik qilib kelgan Nazirjon Yunusaliyeviç Hayitaliyev ötgan haftada, 14 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida ötkazilgan favqulodda yiğilişda paxta terimini taşkillaştira olmagani tufayli lavozimdan ozod etilgandi.






