Surxondaryo viloyatining Denov tumani hokimi Bahrom Xurramoviç Mamatqulov lavozimidan ozod etilgan. 

Surxondaryo viloyati matbuot xizmati xabar berişiça, bugun, 20 oktabr kuni xalq deputatlari Denov tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi vaqtida Bahrom Mamatqulov rasman lavozimdan ozod etilgan.

Iste'foga tuman hokimi aholidan murojaatlar tuşişi soni köpaygan, muammo va masalalarga e'tiborsizlik bilan qaralgani, şuningdek, tumanning iqtisodiy körsatkiçlari pasayib ketgani sabab sifatida körsatilgan.

Kun.uz manbasi ma'lumotiga köra, u 14 oktabr kuni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokida ötkazilgan favqulodda yiğiliş vaqtida paxta terimini taşkillaştira olmagani uçun işdan ketgandi.

Endilikda tumanga Uluğbek Berdiqobiloviç Qosimov yangi hokim etib tayinlangan. Uluğbek Qosimov mutaxassisligi böyiça yurist, u şu kunga qadar Muzrabot tumani hokimi sifatida işlab kelayotgandi.