AQŞning Consumer Reports naşri ötkazgan taddqiqot natijalariga köra, joriy yilning eng işonçli avtomobil brendlari Yaponiyaning Toyota va Lexus markalari böldi. Naşr ötkazgan sörovnomada iştirok etgan haydovçilarning aksariyati Toyota GT86 modelini eng işonçli avtomobil deb topişdi. Şu bilan birga Toyota’ning eng kam işonç bildirilgan modeli Toyota Tacoma pikapi böldi.

Ta'kidlaş joizki, reytingdan 27 ta brend örin olgan. 2-örinni Lexus egalladi. Uning 4 eşikli ES modeli eng işonçli deb topildi. Eng köp tanqidlar Lexus GX modeli borasida bildirildi.
3-örinni Janubiy Koreyaning Kia markasi egalladi. Bu kompaniya reytingda öz pozitsiyasini 2 poğonaga yaxşilay oldi. Bu natijaga Kia Niro modeli evaziga erişilgan. Yuqori beştalikdan şuningdek Germaniyaning Audi va BMW markalari örin olgan.












