Lexus sakkizinçi avlod ES sedanining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Brend matbuot xizmatining xabar berişiça, 2027-yilgi model gibrid va töliq elektr versiyalarida taqdim qilinadi.

Şunday qilib, ES modellari qatoridan quyidagilar örin olgan:

  • 2,5 litrli tört silindrli dvigatel va oltinçi avlod gibrid tizimiga ega ES 350h gibrid versiyasi. Kuç qurilmasining umumiy quvvati 244 ot kuçiga teng. U old ğildiraklarga va töliq uzatmali (AWD) körinişida mavjud: AWD versiyasining orqa öqiga 54 ot kuçiga ega qöşimça elektromotor örnatilgan.
  • ES 350e va ES 500e elektr versiyalari. Modellar yagona platforma, salon poli ostida joylaşgan 74,7 kVt·soat siğimli batareya hamda old (ES 350ye) yoki old va orqa (ES 500ye) öqlarga örnatilgan elektromotordan foydalanadi.

Versiyalar orasidagi konstruktiv farqlar: gibrid modellarda yonilği baki qopqoği, elektr modellarda esa zaryadlaş porti mavjud; BEV versiyalarining old qismi dizayni minimal havo yutgiçlar bilan silliqroq uslubda işlangan.

Yangi ES’ning barça versiyalari quyidagilar bilan jihozlangan:

  • 12,3 dyuymli raqamli asboblar paneli displeyi;
  • 14 dyuymli sensorli ekranga ega Lexus Interface multimedia tizimi;
  • Lexus Safety System+ 4.0 faol xavfsizlik majmuasi (töqnaşuvlarning oldini oliş tizimi, adaptiv kruiz-nazorat, harakatlaniş bölagida uşlab turiş yordamçisi, yöl belgilarini tanib oliş va boşqa funksiyalarni öz içiga oladi).

Lexus ES’ning 350h Premium bazaviy gibrid versiyasidagi narxi 51 200 dollardan boşlanadi. Maksimal komplektatsiyadagi elektr versiya (500ye Luxury AWD) esa 60 405 dollarga baholanmoqda.

Yangi avlod Lexus ES birinçi marta 2025-yilda Şanxay avtosalonida namoyiş etilgan. Uning dizayni yettinçi avlod modeliga nisbatan sezilarli darajada özgargan - avtomobil ES seriyasida avval uçramagan ötkir qirralar va urğularga ega böldi. Şuningdek, avtomobilni an’anaviy içki yonuv dvigateli bilan jihozlaş töxtatildi, uning örniga avtomobil gibrid yoki töliq elektr versiyali böldi.