Joriy yilning 23 oktabridan “Özbekkonsert” davlat muassasasiga vaqtinça rahbar vazifasini bajaruvçi etib, uşbu muassasaning “Kontsert tomoşa faoliyatini litsenziyalaş” boşqarmasi boşliği Odil Abduğaniyeviç Abduqahhorov tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Şu vaqtga qadar vaqtinça rahbar vazifasini bajaruvçi sifatida Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini taşkil etiş ilmiy-metodik markazi direktori A.Haydarov faoliyat olib borayotgan edi.
Bugun mazkur masala yuzasidan bölgan yiğilişda Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Ozodbek Nazarbekov O.Abduqahhorovni jamoaga taniştirdi. Yiğilişda vazirlikning boşqarma boşliqlari hamda “Özbekkonsert” davlat muassasasining barça xodimlari iştirok etişgan.












