Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Saudiya Arabistoni va Qatar yetakchilari bilan uchrashadi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 22 oktabrda Saudiya Arabistoni va Qatar o‘rtasidagi mojaro davom etayotgan bir paytda bu davlatlar yetakchilari bilan uchrashadi. Bu haqda AQSh davlat departamenti ma'lum qildi.
Tillerson tashriflari davomida Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va mamlakat tashqi ishlar vaziri Odil Al-Jubayr bilan uchrashadi. Shundan keyin Tillerson ehtimol oxirgi oylar ichida Ar-Riyoddan Qatar poytaxti Dohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys bilan uchadigan birinchi yo‘lovchi bo‘ladi. Davlat kotibi Dohada Qatar amiri shayh Tamim Ol-Soniy va amirlikning tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol-Soniy bilan uchrashadi.
Tillerson bu tashrifi bilan Saudiya Arabistoni va uning ittifoqdoshlari hamda Qatarni yarashtirib qo‘ymoqchi. Biroq tashrif oldidan u mojaroni hal qilish istiqbollariga shubha bilan qarashini, chunki bir qator tomonlar bahsni hal qilishda hamkorlik kilishni istamayotganlarini aytgan. Bundan tashqari, Tillersonning Qatar terrorchilikka qarshi hamkorlik qilayotgani haqidagi so‘zlari Qatarni terrorchilikni moliyalashtirishda ayblab kelayotgan AQSh prezidenti Donald Trampning gaplariga qarama-qarshi bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026