Özbekiston bank tizimida naqd pul muomalasiga doir işlarni taşkil etiş töğrisidagi yöriqnoma loyihasi işlab çiqildi. Hujjat bank tizimida naqd pul muomalasini taşkil etiş tartibini belgilaşni nazarda tutadi.

Loyihaga muvofiq, Markaziy bank Özbekiston hududida naqd pul muomalasini taşkil etadi. Şuningdek, u mamlakat hududida qonuniy tölov vositasi sifatida pul belgilarini muomalaga çiqariş böyiça mutlaq huquqqa ega böladi. Pul belgilari banknot va tangalar, jumladan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar körinişida çiqarilişi mumkin.

Pul nominallari qanday belgilanadi?

Loyihada pul belgilarining nominal qiymatlarini belgilaş mezonlari ham körsatilgan. Bunda respublikadagi örtaça oylik va kunlik iş haqi, çakana bozorlardagi isteʼmol va maişiy tovarlar narxlari hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining rivojlaniş darajasi inobatga olinadi.

Zarur hollarda aholining muayan nominaldagi pul belgilariga bölgan talab va ehtiyojlari ham örganiladi.

Şuningdek, naqd pullarning nominal qatorini samarali taşkil etiş maqsadida tangalarni 4–5 ta, banknotlarni esa 6–7 ta nominal qiymatda çiqariş nazarda tutilmoqda.

Banknotlar dizaynida nimalar aks etadi?

Banknot va tangalar dizayni Markaziy bank mulki hisoblanadi. Ularning dizayni Markaziy bank tomonidan «Davlat belgisi» MÇJ bilan birgalikda işlab çiqiladi.

Alohida hollarda Markaziy bank banknot va tangalar dizayni yuzasidan aholi örtasida sörov ham ötkazişi mumkin.

Pul belgilari dizaynida Özbekistonning öziga xos xususiyatlari inobatga olinişi va ularning mamlakatga tegişli ekani yaqqol namoyon bölişi kerak.

Har bir nominaldagi banknot uçun alohida rang ustuvorligi belgilanadi. Banknot va tangalarda nominalning raqamli körinişi, qiymatni aniqlaşga qulay ölçam va rang, Markaziy bank nomi, dizayn va namuna tasdiqlangan yil, davlat ramzlaridan biri hamda qalbakilaştirişga qarşi himoya elementlari bölişi şart.

Banknotlarda bundan taşqari nominal qiymatning yozuvli körinişi, seriya va raqamlar, barça turdagi tölovlar uçun öz qiymati böyiça qabul qilinişi şartligi haqidagi jumla hamda qalbakilaştiriş uçun javobgarlik töğrisida ogohlantiruvçi yozuvlar böladi.