Italiyaning Tuttosport naşri «Golden Boy - 2017» sovrinini "PSJ" hujumçisi Kilian Mbappe qölga kiritganini e'lon qildi.

Yevropaning 21 yoşgaça bölgan eng yaxşi futbolçisiga topşiriladigan bu mukofot ğolibi maşhur naşrlarning jurnalistlari orasida ötkazilgan sörovnoma yakuniga köra aniqlanadi.

Fransiyalik futbolçi sörovnomada «Barselona» yarimhimoyaçisi Usmon Dembele va «Mançester Siti» hujumçisi Gabriel Jyezusni ortda qoldirişga muvaffaq böldi.