Butunjahon dopingga qarşi kuraş agentligi (WADA) ARD telekanalining keng kölamli doping tizimi töğrisidagi navbatdagi filmiga munosabat bildirdi. Bu safar agentlik Xitoyda dopingni ommaviy qöllaş böyiça suriştiruv boşlangani haqida ma'lum qildi.
Şu bilan birga, WADA’dan aniqlik kiritişlariça, dopingga qarşi agentlik 1999 yilda taşkil etilgan, şuning uçun ARD telekanali filmida söz yuritilgan davr – 1980 va 1990-yillarda Xitoy termalaridagi dopingga heç qanday reaksiya bildira olmagan bölardi. Biroq endilikda agentlik şifokor Ksyu Insyan tomonidan aytilgan barça narsani tekşiriş maqsadida ma'lumotlar töplaş niyatida.
Keça Xitoy olimpiya terma jamoalarining sobiq şifokori Ksyu Insyan jurnalist Xayo Zeppeltning navbatdagi mojaroli filmida XXR milliy jamoalari barça a'zolari 1980 va 1990-yillarda doping qabul qilganini aytib ötdi. Uning sözlariga köra, uni qabul qilgan sportçilardan eng kiçigining yoşi 11da bölgan.
Insyanning aytişiça, Xitoyda dopingning davlat tizimi bölgan. «Bu tizimga 10 mingdan ortiq odam jalb etilgandi. Öşa vaqtlarda xitoyliklar xalqaro musobaqalarda yutib olgan barça medallarni olib qöyiş lozim», - deya Ksyu Insyanning sözlarini keltiradi Deutsche Welle ARD telekanaliga asosan.
Şifokorning sözlariga köra, Xitoy terma jamoalari sportning barça turida dopingdan foydalangan. Dopingni futbol, voleybol, basketbol jamoalari, stol tennisi, badminton, yengil atletika, suziş, gimnastika va sportning boşqa turlari böyiça termalar qöllagan. «Agarda sen doping qabul qilişdan boş tortsang, u holda ketişing lozim bölardi. Doping hattoki ösmirlar terma jamoalarida ham qöllangan», - degan Ksyu Insyan.
Şifokorning özi Xitoy olimpiya termasidan 1988 yilgi Öyinlar vaqtida işdan böşatilgan. Uning sözlariga köra, bu u terma jamoa a'zolaridan biriga doping berişdan boş tortganidan söng yuz bergan.








