Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) Özbekistonda ijtimoiy mas'uliyatli va ekologik barqaror paxta yetiştiriş böyiça loyihani boşladi.
Mazkur loyiha paxta yetiştirişning ilğor tajribasini işlab çiqiş, paxta sektorida majburiy mehnatdan foydalaniş xavfini kamaytiriş maqsadida xalqaro standartlar talablariga javob beradigan barqaror paxta işlab çiqariş standartlarini joriy etiş orqali Özbekistonda paxta yetiştiriş samaradorligini oşirişga qaratilgan.
IFC ma'lumotlariga köra, loyiha 2017-2022 yillar mobaynida amalga oşiriladi. 2017-2018 yillar mobaynida Xalqaro moliya korporatsiyasi ikki viloyatda Better Cotton jahon standartlari asosida barqaror paxta işlab çiqariş standartlari tizimini yaratiş hamda sinovdan ötkaziş böyiça tajriba dasturini amalga oşiradi.
Tizim muvaffaqiyatli sinovdan ötgaç, u bu sohadagi 3 mingga yaqin fermer va agrofirma, paxta işlab çiqaruvçilar bilan qamrab olinadi.
Loyiha IFC tomonidan Qişloq va suv xöjaligi vazirligi, «Özpaxtasanoateksport» xolding kompaniyasi, «Özbekengilsanoat» AJ, Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasi hamkorligida amalga oşiriladi.
2019-2022 yillar mobaynida Loyiha işi mamlakatning qolgan viloyatlarida paxta yetiştiriş böyiça eng yaxşi amaliyotlar va barqaror paxta yetiştiriş standartlar tizimini kengaytiriş, hamda milliy darajada standartlar tizimini töliq ijtimoiy institut qilişga qaratiladi.
IFC milliy hamkorlar bilan birgalikda Loyiha işi yakunlangandan söng, mamlakatda tizimning barqaror işlaşini ta'minlaş uçun zarur bölgan ekspertiza, tizim va infratuzilmani rivojlantiriş ustida işlaydi.
Loyihani amalga oşiriş davomida Xalqaro moliya taşkiloti Xalqaro mehnat taşkiloti va Özbekiston paxta sektorida faol faoliyat körsatadigan boşqa xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Uşbu loyiha Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan IFC’ning köp yillik hamkori bölgan Vengriya EXIM Bank’i moliyaviy kömagida amalga oşirilmoqda.













