«Real» jamoasi boş murabbiyi Zaynidin Zidanning işonç bilan aytişiça, jamoa hujumçisi Kriştianu Ronaldu FIFA talqiniga köra yilning eng yaxşi futbolçisi böla oladi. Portugaliyalik futbolçidan taşqari, uşbu mukofotga «Barselona» hujumçisi Lionel Messi va «PSJ» hujumçisi Neymar da'vogarlik qilmoqda.

«Kriştianu Ronaldu – öz avlodining eng yaxşi futbolçisi, u boşqalardan köra yaxşiroq. U butun faoliyatini barqaror ötkazib kelmoqda va özining nimalarga qodirligini namoyiş etmoqda. U muhim öyinlarda natija keltiradi», deya Zidanning sözlarini keltirgan Football Espana.

«U barça mukofotlarga munosib. U hamişa özining qançalik yaxşiligini namoyon etişga harakat qiladi. U hammadan yaxşi ham..

Menga Ronaldu gol urmayotganida savollar berişadi. Lekin muhimi u vaziyatlar yarata olayotganida. U tez orada formasini tiklaydi. U Çempionlar ligasining eng yaxşi töpurari, keyingi haftada u çempionatda ham gol uriş imkoniyatiga ega böladi», degan murabbiy.

Bugun, 23 oktabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 22:30da boşlanadigan The Best Football Awards marosimida FIFA dunyo futbolining 2016-17 yilgi mavsumdagi eng yaxşilarini aniqlaydi, taqdirlaydi va yilning ramziy terma jamoasini e'lon qiladi.

Özbekistonlik muxlislar tadbirni Uzreport TV va Futbol TV telekanallari orqali jonli efirda tomoşa qilişlari mumkin.