«Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasi qizlarni bortkuzatuvçi lavozimiga işga qabul qiliş haqida tanlov e'lon qildi.

Nomzodlarga qöyiladigan talablar:
 
- Özbekiston fuqaroligi;

- Toşkent şahri propiskasi yoki vaqtinçalik röyxatdan ötgan bölişi;

- Yoşi - 18 dan 25 yoşgaça. Tanlov kuni 18 yoşga tölmagan, yoki 25 yoş hamda undan katta bölgan şaxslar saralaşda iştirok etişga qöyilmaydi;

- ta'lim - örta maxsus professonaldan (akademik litsey yoki kollej) kam bölmasligi;

- Davlat, rus va ingliz tillarini işlab çiqariş faoliyatini amalga oşiriş uçun zarur miqdorda biliş. Qöşimça xorijiy tillarni biliş ma'qullanadi.
 
Taşqi körinişga talablar:
 
- Böyi - 162 dan 175 sm.gaça. Vazni böyiga mos kelişi kerak. Xuşbiçim, kelişgan qaddi-qomat, yuz va qaddi-qomatda közga körinadigan taşqi nuqsonlarning yöqligi, sariq va oq metallardan tiş koronkasining bölmasligi, nutq nuqsonlari yöqligi, közga körinadigan joylarda pirsing hamda tatuirovkalarning bölmasligi, tartibli soç turmagi.
 
Arizani topşiriş uçun zarur bölgan hujjatlar röyxati:

- pasport nusxasi; 
- ta'lim töğrisidagi hujjatlarning nusxalari - baholaş varaqalari bölgan attestat yoki diplom;
- tilga öqitiş kurslarini tugatganlik haqidagi ma'lumotnomaning nusxalari (mavjud bölsa);
- harbiy biletning nusxasi (harbiy xizmatga majburlar uçun);
- mehnat daftarçasining nusxasi (iş tajribangiz bölsa).
 
Hujjatlarni topşiriş vaqtida ariza şakli töldiriladi.

Yoningizda pasport va 6x9 sm ölçamdagi 1 ta fotosurat bölişi şart.
 
Ariza şakllari faqat töliq hujjatlar töplami bilan qabul qilinadi va qaytarib berilmaydi.
 
Tanlovda nomzodlarning umumiy rivojlanişi va dunyoqaraşiga katta e'tibor qaratiladi: Özbekiston tarixi va geografiyasi, tarixiy obidalari hamda diqqatga sazovor joylarini, tarixiy va milliy qahramonlar biografiyasini, geografiya hamda tarixni bilişi kerak.