Yangi davr bir neçta afsonaviy avtomobilsozlik kompaniyalarining heç mubolağasiz "halok bölişiga" olib keldi. Maşinalari faxrlanişga loyiq bölgan afsonaviy brendlar bir neça sabablar, jumladan jahon iqtisodiy inqirozi tufayli birin-ketin tarixga aylana boşladilar.
Quyida bir vaqtlar porlagan, hozir esa tarixga aylangan brendlar keltirilgan.
SAAB

Şvetsiyaning SAAB brendi General Motors kompaniyasiga BMW va Mercedes-Benz kabi nemis gigantlariga boş raqobatçi yaratiş uçun ajoyib baza böla olişi mumkindek tuyuldi. Afsuski, GM istiqbolli brendni sotib olgaç, unga sarmoya ajratmay qöydi. Brend rivojlaniş uçun mablağsiz tanazzulga uçradi. Biroq hozir SAAB "koma" holatidan çiqib, yana özini körsatmoqçiligi haqida gaplar yuribdi, ammo buning rasmiy tasdiği hozirça yöq.
Pontiac

"Pontiak" egalari 1899 yilda avtomobil yaratişni xayollariga ham keltirmagan holda oddiy aravalar işlab çiqarişgan. 30 yildan keyin brend GM qanoti ostida ilk maşinalarini işlab çiqara boşlagan. Bonneville va GTO modellari şunçalik muvaffaqiyatli çiqqanki, ular darhol "Amerika klassikasi" deya e'tirof etila boşlangan. 2000-yillar boşlarigaça Pontiac biroz bölsa-da, faoliyat yuritib turgan, biroq 2010 yilda özining uzun yölini yakunlagan.
Oldsmobile

Renson Olds Oldsmobile’ga 1897 yilda asos solgan va ma'lum vaqt butun avtosanoatning yetakçisi bölib qolgan. Omadli va mohir konstruktorga hattoki Genri Fordning özi havas qilgan. 1980-yillarda Oldsmobile’ni sotib olişni öziga badavlat odamlargina ixtiyor qila olgan, biroq keyin brend ommaviyligi yöqqa çiqqan. 2004 yilda esa Oldsmobile rasman faoliyatini tugatgan.
Plymouth











