«Real» boş murabbiyi va Fransiya futboli afsonasi Zaynidin Zidan FIFA talqini böyiça yilning eng yaxşi murabbiyi sifatida e'tirof etildi va birinçi bölib ham futbolçi, ham murabbiy sifatida uşbu sovringa ega çiqdi.

Futbol murabbiyligi va futbolçilik bir biridan butunlay farqli bölgan ikki soha deb aytilsa-da, murabbiylik bilan asosan sobiq futbolçilar şuğullanişi turli soliştirmalarga zamin yaratadi. Masalan, yulduz futbolçilarning keyinçalik, yaxşi murabbiy böla olmasligi haqida gaplar bor. Hatto köp top-murabbiylar zaxira örindiğida ötiraverib, murabbiylik tajribasini töplaydilar, degan hazilomuz gaplar ham yöq emas. Albatta, bu biroz mubolağa, aslida har qanday sohada istisnolar ham, ma'lum qoidalar ham amal qiladi. Masalan, yulduz futbolçilar kamligi uçun ham, ularning keyingi faoliyatlari hammaning köz öngida böladi, aslini olganda, yaxşi murabbiy böla olmagan yomon futbolçilar ham tiqilib yotibdi, töğrimi?

Keling bu mavzuga çuqurroq yondaşamiz va keyinçalik, murabbiylik bilan şuğullangan futbol yulduzlariga nazar taşlaymiz. Albatta, şunçaki futol yulduzlari emas, haqiqiy afsonalar haqida boryapti gap.

«KeÇIRASIZ, ADAŞIB TUŞDINGIZ!»

Avvalo, eng osoni, katta davrlarni öz nomi bilan yoritgan, öz davri yulduzlari içida ham yorqinroq çaraqlab, futbol tarixida çuqur iz qoldirgan nomlarga töxtalamiz. Bu nomlarga qaraganimizda, boyagi iddao isbotlanayotgan böladi, rostan ham, ulardan yaxşi murabbiy çiqmas ekan. 

PeLe

Futbol qiroli faoliyatining sönggi yillarida terma jamoada, keyinroq, AQŞ klubida salkam öynovçi-murabbiydek harakat qilgan bölsa-da, köpçilik kutgan iş sodir bölmadi – Pele murabbiy sifatida futbolda qolişni istamadi. Hozirçaga özining buyukligini ta'kidlab, bugungi kun yulduzlari bilan soliştirişni yaxşi köradigan Pele balki öz tajribasini şu tariqa qizğangandir.

Asosan siyosat bilan şuğullangan futbol qiroli keyinroq, 2006-2008 yillarda u murabbiylik sohasiga ham qiziqib kördi va hatto «Santos»ning murabbiylar ştabidan joy ham oldi. Ammo bu işga jiddiy bel boğlaşni istamadi çoği. 

FeReNTs PUŞKAŞ