Bu gol 67 yil davomida faqat guvohlarning hikoyalarida yaşadi. Endi esa uning videosi paydo böldi. Google DeepMind Pelening oilasi, tarixçilar va voqea guvohlari bilan hamkorlikda arxiv materiallari hamda xotiralarga tayanib, aktyorlar va generativ modellar yordamida uşbu vaziyatni qayta tikladi. U göyoki öşa paytda maydonda kamera turganday taassurot uyğotadi. Ammo bu yerda eng qiziq jihati tasvir emas, balki neyrotarmoq voqeani öylab topmasligi uçun qançalik katta mehnat sarflanganida.

«Rua Javari»dagi afsonaviy gol

Öşanda Pele 18 yoşda edi. Bir yil avval u jahon çempioni bölgan, ammo Mooka tumanidagi «Juventus» stadioni uni huştakbozlik bilan qarşi olgandi. «Santos» 4:0 hisobida ğalaba qozondi, Pele xet-trikka erişdi. Öşa maşhur gol uçraşuvning ikkinçi bölimi 42-daqiqasida urildi.

Hujum Dorvalning jarima maydonçasiga uzatmasidan boşlandi. Keyingi voqealar haqida turli versiyalar mavjud va aynan şu jihat muhim ahamiyatga ega. Hozirgi rekonstruksiyaga köra, Pele avval töpni raqibi ustidan oşirib uni aldab ötadi, keyin esa töpni yerga tuşirmasdan yana ikki himoyaçi va Mao di Onsa laqabli darvozabon ustidan oşiradi. Darvozabon maysaga yiqiladi, Pele esa töpni boşi bilan böş darvozaga joylaydi. Hatto «Juventus» futbolçilari va hakam ham uni tabriklaşadi.

Boşqa bir manbada yana bir himoyaçi aldangani haqida yozilgan. Biroq Google voqeani töpni yerga tuşirmasdan bajarilgan uçta ketma-ket fint sifatida qayta tiklaşni ma’qul kördi.

Goldan söng Pele raqib muxlislari turgan tribunaga yugurib borib, baland sakraydi va muştini havoga kötaradi. «Santos» klubi uning maşhur gol nişonlaş uslubi aynan öşanda paydo bölganini ta’kidlaydi.

Gol qanday tiklandi?

Loyiha qariyb ikki yil davom etdi. Tarixçi Anita Lukkezi va uning jamoasi qariyb 2000 ta hujjat töpladi. Ular orasida gazetalardagi maqolalar, stadion çizmalari, xaritalar, oilaviy albomlar, muxlislar kiyimlari aks etgan suratlar va hatto bolalar çizgan rasmlar ham bor edi. Iş jarayonida jami 3600 dan ortiq tarixiy tasvirdan foydalanildi.

Guvohlardan faqat xotiralarinigina aytiş söralmadi. Futbolçilarning joylaşuvi hamda hujum yönalişini tiklaş uçun ularga stadion maketi, arxiv suratlari va sxemalar körsatildi. Jamoa öşa kungi bulutli havo, stadionning eski arxitekturasi, futbolçilar libosi, butsalari va tribunalardagi muxlislarni ham alohida örganib çiqdi. Çunki zamonaviy stadion bir neça marta qayta qurilgan va uni hozirgi holida suratga olib 1959 yilgi muhit sifatida körsatiş mumkin emas edi.