Lexus flagman sedanini ilk bor bölib ötgan Tokio avtosalonida namoyiş etdi. Jozibali Lexus LS+ 2020 yilda seriyali işlab çiqariluvçi avtomobillarga örnatiladigan avtomatlaştirilgan boşqaruvning alohida tizimi bilan töplanganlarni rom etdi, deb yozadi Trendymen.ru

Foto: Lexus

Yangi avtomaşina Highway Teammate nomini oldi. Köproq haqiqiy sun'iy idrokka öxşaydigan avtopilot haydovçi polosalarni almaştirib oqimga qöşilişga köp kuç sarflamaslik uçun faqat tezyurar şosselarda işga tuşadi. Boz ustiga, Highway Teammate yöldagi vaziyatdan kelib çiqib, özi harakatlari algoritmini tuzadi.

Foto: Lexus

Sedanning bortidagi barça tizimlar maşina öquvi algoritmidan foydalanuvçi sun'iy idrokka boğlangan. Sun'iy idrok ulkan ma'lumotlar hajmini qayta işlaydi, demak, trassaga har çiqişida takomillaşib boraveradi. Nazarda tutilişiça, Lexus LS+ yöldagi tirbandliklar yoki avtohalokatlar haqida ma'lumot oliş uçun boşqa avtomobillar bilan muloqotga kirişadi. 

Foto: Lexus

Kompaniya LS+ modelini 2020 yil oxirigaça seriyali işlab çiqarişni yölga qöymoqçi. Şu yilning söngiga qadar joriy yilning yanvarida Detroyt avtosalonida debyut qilgan Lexus LS’ning kiçik modelini buyurtma qiliş mumkin.