Yaqin 23 yil içida energetika sohasi bir qator özgarişlarni boşidan keçiradi: tiklanuvçi energetikaga oid texnologiyalar bosqinidan tortib, suvning roli oşişiga qadar, deb yozadi Insider.Pro.

Sönggi yarim asrdan buyon energiyani oliş va uni sarflaş usuli u qadar özgarişlarga duçor bölgani yöq. Lekin yaqin ön yilliklarda ham özgarişsiz, avvalgidek qolmasligi tayin. Energiyaning qayta tiklanuvçi manbalari arzon va işonçli bölib bormoqda, butun jahon böylab, olingan quvvatni samarali saqlaş va taqsimlaş texnologiyalari işlab çiqilmoqda, bu esa yaqin 20–25 yil içida energetika sohasida jiddiy özgarişlar yuz berişidan darak bermoqda.

2015 yilda imzolangan iqlim böyiça Parij bitimi (hattoki uni tark etgan Amerika Qöşma Ştatlari iştiroksiz) ham kelajakda energiyani qazib oliş va işlatiş usulini keskin özgartirib yuborişi mumkin, biroq bitimga köra qabul qilingan çoralar iqlimda öz ifodasini topişi uçun köp ön yilliklar kerak böladi. 197 davlat tomonidan qöllab-quvvatlangan bitimning birinçi galdagi maqsadi global haroratni sanoatlaştiriş davrigaça bölgan darajaga nisbatan Tselsiy şkalasi böyiça ikki darajadan köproqqa ortib ketişga yöl qöymaslikdir.

Bunga erişişning yagona yöli neft xomaşyosi va kömirdan energiya manbai sifatida foydalanişni kamaytiriş bölişi mumkin. Xalqaro energetika agentligi özining «Xalqaro energetika istiqbollari — 2016» hisobotida energiyaga nisbatan oşib borayotgan talab tarkibida uglerod miqdori kam bölgan yoqilğilar va tegişli texnologiyalar hisobidan qondirilişi mumkinligini ta'kidlagan.

Butun jahon böylab hukumatlar şamol va quyoş energiyasi kabi tiklanuvçi energiya manbalari, şuningdek tabiiy gazdan keng foydalanişni rağbatlantira boşlaşlari kutilmoqda, çunki tabiiy gazdan foydalanilganda uglerod va ifloslantiruvçi moddalarni havoga ajralib çiqişi kömirdan foydalanilganidan köra bir neça karra kamroq.

 

Yaqin 20 yil içida sohadagi investitsiyalarning 40 foizi qayta tiklanuvçi energetika hissasiga töğri keladi

Foto: Insider.Pro

Dunyo qayta tiklanuvçi energiya manbalariga ötayotgan bir paytda ham mavjud energetika obektlari ulkan miqdorda neft iste'mol qilişda davom etmoqda. Umuman olganda esa, energiyaning turli körinişlariga investitsiyalarning taqsimotida özgariş közga taşlana boşlaşi kutilmoqda. Xalqaro energetika agentligining ma'lumotlariga köra, sönggi 15 yil içida jahonda energetika sohasiga kapital qöyilmalarining 70 foizi qazib olinuvçi yoqilği sektoriga töğri kelgan. Agentlikning kutişiça, kelajakda qayta tiklanuvçi energetika sektoriga sarmoyalar miqdori orta boşlaydi.