Air Berlin aviakompaniyasi oxirgi reysini amalga oshirib, tarixga aylandi
Bankrotligi tufayli o‘z faoliyatini yakunlayotgan Air Berlin aviakompaniyasi 27 oktabr kechki vaqt o‘z tarixidagi so‘nggi reysi AB6210’ni Myunxendan Berlinga amalga oshirdi. Bu haqda Bild nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, aeroport xodimlari xotira suratlarini olganlari tufayli reys bir soatlik kechikish bilan boshlangan. Aeroport o‘t o‘chirish xizmati samolyotni "favvoralar" bilan kuzatib qo‘ygan.
Ta'kidlanishicha, samolyot Germaniya poytaxtiga mahalliy vaqt bilan soat 23.35da yetib borgan. U yerda ham samolyotni yuzlab odamlar kutib olishgan.
Aviakompaniya 15 avgustda bankrotligini boshlagan. Endilikda tarixga aylangan aviakompaniya bo‘limlarining bir qismi Lufthansa’ga o‘tadi, uning sho‘'ba aviakompaniyalari Niki va LG Walter parvozlarni davom ettiraveradi.
O‘z parvozlarini 1978 yilda amalga oshira boshlagan aviakompaniya bilan xayrlashish onlari quyidagi suratlarda muhrlangan.
Aeroport xodimlari aviakompaniyaning so‘nggi reysi oldidan.
O‘t o‘chirish mashinalari AB6210 reysini shunday kuzatishga qaror qilishdi.
So‘nggi reys ekipaji uchun maxsus tayyorlangan tort.
So‘nggi reysni amalga oshiruvchi samolyot bortida xayrlashuv so‘zlari bitilgan plakat. Unda "Yurakka ega aviakompaniya" deb yozilgan.
Aeroport tablosida reys boshlanishi e'lon qilinmoqda.
Aviakompaniyaning so‘nggi reysi oldidan.
Aeroport xodimlari aviakompaniyaning so‘nggi reysi oldidan jamoaviy suratga tushishmoqda.
Samolyot uchish yo‘lagiga olib ketilmoqda.
O‘t o‘chirish mashinalari samolyotni favvoralar bilan kuzatib qo‘yishmoqda.
Samolyot parvozi oldidan. Futbolkada "Ketdi, biroq unutilmaydi" degan so‘zlar yozilgan.
Mavzuga oid
16:30 / 28.10.2017
Fotojamlanma: Air Berlin’ning so‘nggi reysi qanday kuzatildi
20:15 / 18.10.2017
Air Berlin uchuvchisining "nayrangi" yo‘lovchilarni qo‘rqitib yubordi
14:30 / 12.10.2017
Germaniyaning bir aviakompaniyasi boshqasini sotib oladi
19:17 / 12.09.2017