Iqtisodchi Otabek Bakirov Prezident huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzosi boʻldi
|20:541 8573 min
Taniqli iqtisodchi, jamoatchilik faoli Otabek Bakirov Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining yangilangan tarkibidan joy oldi. Laziz Hamidov, Dinara Islomova va Lola Mirzayeva kabi tadbirkorlar ham kengashning yangi aʼzolari qatoridan joy oldi. Zafar Hoshimov, Farhod Mamajonov, Jahongir Ortiqxoʻjayev, Murod Nazarov kabi yirik tadbirkorlar kengashdagi ishtirokini davom ettiradi.
Mansur Niyozmuhammadov - Oʻzbekiston quruvchilar assotsiatsiyasi raisi
Shokir Boqiyev - “Turon-Himoyasi” advokatlik firmasi taʼsischisi
Sarvar Jumaniyozov - “American Hospital” MCHJ QK rahbari
Sarvarbek Niyozov - Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi, Jamoatchilik kengashi kotibi
Jamoatchilik kengashi tarkibi oxirgi marta 2024-yil dekabrda oʻzgargan, undan avval 2023-yil sentabrda yangilangan edi.
Eslatib oʻtamiz, Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi 2022-yilda tashkil etilgan.
2026-yil 17-avgust kuni imzolangan qonunga binoan, tadbirkorlik subyektlarining huquqlariga va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Adliya vazirligi tomonidan ularning huquqiy ekspertizasi oʻtkazilishidan oldin Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi muhokamasidan oʻtkazilishi kerak. Bu qonun 2026-yil 18-noyabrdan kuchga kiradi.