Germaniyaning eng yirik aviakompaniyasi Lufthansa bankrotlikka yuz tutgan Air Berlin’ning aksariyat bölinmalarini sotib oliş böyiça kelişuvni imzoladi. Bu haqda DPA agentligi konsern rahbari Karsten Şporga asosan xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan soat 12: 00 (Toşkent vaqti bilan soat 15:00)da, uning sözlariga köra, şartnoma yuridik jihatdan rasmiylaştiriladi. «Haqiqatda, bugun muhim kun», - deya Şporning sözlarini keltiradi agentlik. Kontsern rahbariyati Air Berlin bilan uç hafta davomida muzokaralar olib bordi.
Şporning Rheinische Post gazetasida çop etilgan intervyusida xabar berilişiça, Lufthansa Air Berlin’dan 81 ta samolyot sotib olişni va 3000 ga yaqin xodimni iş bilan ta'minlaşni rejalaştirmoqda. «Bunga umumiy hisobda 1,5 milliard yevro ajratiladi», - deya qöşimça qilib ötdi kompaniya rahbari. Şu bilan birga, u Lufthansa Air Berlin’ning bankrot bölgani tufayli xorijda qolib ketgan yölovçilarni «adolatli narxda» vatanlariga olib kelişga tayyor ekanini ta'kidladi.
15 avgust kuni Germaniyadagi ikkinçi eng yirik aviakompaniya bölmiş Air Berlin bankrotlik e'lon qilgani xabar berilgandi.












