Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasining rasmiy saytida Islom Karimovning uçinçi farzandi haqida ma’lumot berilgan.
«...Uning uç nafar farzandi va olti nafar nabirasi bölib, ular bilan muloqot unga katta quvonç keltirardi.
Uning rafiqasi – Tatyana Akbarovna uning haqiqiy dösti, yordamçisi, fikrdoşi edi, Islom Abduğaniyeviç bilan 47 yil baxtli turmuş qurib, u bilan hayotning barça zahmatlarini baham kördi», deyiladi tarjimai holda.
«Vikipedia» ma’lumotiga köra, Islom Karimov ötgan asrning 60-yillarida birinçi marta uylangan. U birinçi rafiqasi Natalya Petrovna Kuçma bilan turmuşidan bir öğil körgan. Islom Karimovning öğli Pyotr Islomoviç Karimovdir (1969 yilda tuğilgan). Ammo prezidentning rasmiy biografiyasida uşbu nikoh va uning birinçi farzandi nomi keltirilmaydi.

Islom Karimov keyinroq Tatyana Akbarovna Karimovaga uylangan. Bu nikohdan ikki qiz tuğilgan - Gulnora Karimova (1972 yilda tuğilgan) va Lola Karimova (1978).
Natalya Kuçma 2008 yilda Toşkentda vafot etgan. Pyotr Karimov ayni vaqtda Moskva viloyatida istiqomat qiladi.








