«Real» çempionatda ikkinçi marta mağlub bölib, turnir jadvali peşqadami «Barselona»dan 8 oçkoga ortda qola boşladi.

Madrid Kataloniyada yutqazdi
Madridliklar Kataloniyada, mavsum debyutanti «Jirona»ga qarşi prinsipial bahsda mağlub böldi.
Öyin Kataloniyadagi voqealar tufayli qoldirilişi ham mumkin edi. «Real» boş murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya kubogida «Fuenlabrada»ga qarşi öyindan keyin öyin qoldirilişi haqida öylamayotganini aytdi. Naço qöşimça qildi: «Biz öyin qoldirilişi mumkinligi haqida eşitdik. Ammo biz öynamoqçimiz, heç qanday muammo yöq».
Ikki jamoa örtasidagi öyin Kataloniyadagi siyosiy inqiroz fonida yanada katta ahamiyat kasb eta boşladi. Şu kunlarda Kataloniya mustaqillik e'lon qilgan, Madrid esa hudud rahbariyatini işdan böşatgan. Sabadelyadagilar ispan pasportlarini yoqa boşlaşdi, eng radikal katalonlar yaşovçi Jironada esa Ispaniya bayroqlari hukumat binolaridan tuşirildi.

Şu tufayli «Real» bu öyinga Ispaniyaning boş ramzi sifatida keldi, «Jirona» esa katalonlar umidi edi.
«Qirollik» xavfsizligi»
Poytaxtliklar xavfsizlik çoralarini körişdi, «Real» Kataloniyada Ispaniya bayroği tuşirilgan avtobusda harakatlanmaslikka rozi böldi, jamoaga mezbonlarning avtobusi taqdim etildi. Madrid bu orqali oğir siyosiy vaziyatda kataloniyaliklarning ğazabini keltirişdan tiyildi. Bunga izoh sifatida «Real» avtobusi Londonga yuborilganini, jamoa keyingi haftada Londonda YeÇL doirasida «Tottenhem»ga qarşi öynaşini aytişdi. Ammo asl sabab nimadaligini barça bilardi.

Şanbadan yakşanbaga ötar keçani «Real» Ispaniyada eng qattiq qöriqlangan mehmonxonada ötkazdi. Bu mehmonxona şu kuni haqiqiy «qirollik bunkeri»ga aylandi. Aytişlariça, madridliklar avvaliga Jironada ikki kun böliş ğoyasidan voz keçib, öyin yakunlanişi bilanoq şaharni tark etişni rejalaştirişgan. Ammo birinçi reja özgartirilmadi, futbolçilarning yaxşilab dam olişi birinçi öringa çiqarildi.
«Real»ning omadi



















