AQŞ 2017 yil 30 sentabrda tugagan moliyaviy yil içida harbiy razvedkaning öziga 18,4 mlrd dollar sarflagan. Bu haqda Pentagon ma'lum qildi.
2 noyabrda tarqatilgan qisqa bayonotda “harbiy razvedka dasturini, jumladan xorijiy operatsiyalarni amalga oşiriş uçun bir yillik byudjyet 18,4 mlrd dollarni taşkil qilgani” ma'lum qilingan. AQŞ mudofaa vazirligi bayonotda “bu dastur va uning moliyalaştirilişi böyiça boşqa heç qanday ma'lumot xavfsizlik nuqtai nazaridan taqdim qilinmasligini” ma'lum qilgan.
Iyunda Pentagon AQŞ kongressidan 2018 moliyaviy yilda harbiy razvedkaga 20,7 mlrd dollar söraganini ma'lum qilgan. Bu qiymat hali ham muhokama qilinayotgan mudofaa xarajatlari byudjyet loyihasiga kiritiladi. Oq uy keyingi moliyaviy yilda mudofaa vazirligiga 668 mlrd dollar ajratilişini söragan. Yana 60 mlrd dollar xorijda, jumladan Suriya, Iroq va Afğonistonda operatsiyalarni amalga oşiriş uçun söralgan.
Ta'kidlaş joizki, AQŞ mudofaa vazirligining razvedka boşqarmasida 3 oktabrda rahbariyat özgardi. Unga endi general-leytenant Robert Eşli boşçilik qilmoqda. Bu boşqarmada 16,5 ming harbiy va noharbiy xodimlar faoliyat yuritadi hamda ulardan deyarli 50 foizi AQŞdan taşqarida, jumladan 140 tadan köproq davlatda öz oldilariga qöyilgan vazifalarni ado etadi.









