Çexiya poytaxti Pragada bölib turgan Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Oybek Qosimov Xalqaro antidoping agentligi (WADA) Boş direktorining örinbosari Rob Koyexler bilan uçraşdi. Suhbat jarayonidagi asosiy mavzu Özbekistonda Milliy antidoping agentligini oçiş masalasi böldi. Bu haqda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ma'lumki, joriy yilning 9-10 mart kunlari poytaxtga Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Milliy va Mintaqaviy antidoping taşkilotlari bilan aloqalar böyiça direktor örinbosari Tom Mey va uşbu taşkilotlar bilan aloqa böyiça menejyeri Frantsisko Leonlar taşrif buyurişgandi. Milliy va Mintaqaviy antidoping taşkilotlari vakillarining taşrifidan közlangan maqsad Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qömitasi hamda Milliy olimpiya qömitasi rahbarlari bilan uçraşiş bölib, Özbekistonda Milliy antidoping taşkilotini tuziş imkoniyatlarini muhokama qiliş edi. 

Oybek Qosimov bilan bölib ötgan bugungi uçraşuv davomida janob Rob Koyexler Özbekistonda Milliy antidoping agentligini oçiş masalasida zarur amaliy yordamlarni ayamasligi, kerak bölsa Toşkentga ekspertlar va mutaxassislardan iborat komissiya yuborişini ta'kidlab ötdi. 

Öz navbatida, Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Rob Koyexlerga taklif etilayotgan yordam uçun minnatdorçilik izhor etib, Özbekiston bu masalada WADA bilan hamkorlik qilişga tayyorligini bildirdi.