AQŞning Dartmut kollejining bir guruh tadqiqotçilari bir neça xonalardan iborat inşootlarda Wi-Fi signallarini qanday boşqariş usulini topişdi, deb xabar qilmoqda TechXplore.

Olimlarning qayd etişlariça, hozirda muammoni Wi-Fi antennasini yönaltiriş bilan hal qiliş mumkin. Biroq bu kabi qurilmalar ança qimmat va foydalanişda murakkab. Şu boisdan ham olimlar uy şaroitida yasaş mumkin bölgan qurilma ustida boş qotirişdi.
 
Tadqiqot haqidagi maqolada yozilişiça, signalni bir tomonlama kuçaytiriş uçun alyuminiy plastinani antennaning ikkinçi tomoniga joylaş lozim böladi. Buning uçun masalan gazlangan içimlikning alyuminiy idişi qöl keladi. 

Olimlar şunday reflektor (qaytargiç)ni modellaştiriş uçun kompyuter algoritmini yozişdi. U inşoot hajmi, Wi-Fi ulaniş nuqtalari va signal yönalişlarini aniqlab oliş imkonini beradi. Uşbu sozlamalar asosida texnologiya yarim soat içida reflektor uçun optimal şaklni hisoblab çiqadi. Şundan söng, uni 3D-printerda çop etiş mumkin böladi. 

"Simsiz qaytargiç foydalanuvçi sozlamalari asosida çop etiladi va 35 dollarga tuşadi. Şu bilan qurilma 1000 dollarlik antennani bozordan siqib çiqarişi mumkin", — deydi Dartmut kolleji dotsenti Sya Çju.

Qaytargiç texnologiyasi signalni keraksiz joylarda 10 detsibelgaça pasaytiriş mumkinligini isbotladi. Bundan taşqari kerakli joydagi signal kuçi 6 detsibelgaça kuçayadi. Şu bilan birga, u signalni tarqatişni kamaytiradi va buzib kirişning oldini oladi.