Qatarning Al-Jazeera telekanali Saudiya Arabistonidagi voqealarni «Taxtlar öyini» seriali bilan tenglaştirdi.
«4 noyabr, şanba kuni Saudiya Arabistonining «Qizil töyi» böldimi?», — deyiladi telekanalda.
Xabarda qayd etilişiça, voqealar rivoji Livan sobiq boş vaziri Saad Haririyning bayonotidan keyin avj oldi. U öşa kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda edi va özining iste'fosini ma'lum qildi. U bu qaroriga sabab sifatida «Livan içki işlariga xorij davlatlari aralaşuvi ortidan özi ham xuddi otasi Rafiq Haririy kabi suiqasd qurboni» böliş xavfini keltirgan.
«Keç kirişi bilan yana bir «bomba» taşlandi, ammo saudlarning özi: qirollik farmoni bilan qirollik oilasining hukumatdagi bir qança a'zolari, şuningdek, yirik amaldorlar va yirik tadbirkorlar qölga olindi. Ulardan ba'zilari marhum qirol Abdullaning farzandlari, biri esa Qirollik milliy gvardiyasi rahbari», — deya xabar qilinadi telekanal xabarida.
Telekanal talqiniga köra, «bu voqealar oqibatlari nafaqat Saudiya Arabistonida, mintaqa va jahonning boşqa nuqtalarida ham seziladi».
Telekanal qayd etişiça, «Saudiya taxti valiahdi, 32 yoşli Muhammad ibn Salmon özining «Taxtlar öyini» orqali, monarx böliş uçun butun mintaqani xavf ostiga qöyişdan tap tortmasligi»ni namoyiş etdi.









