2017 yilning 9 noyabr kuni Özbekistonga Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça Oliy vakili Frederika Mogerini boşçiligidagi delegatsiya taşrif buyuradi. Delegatsiya tarkibiga Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot böyiça Yevropa komissari Neven Mimitsa va boşqa rasmiy şaxslar kiradi.
Özbekiston TIV xabariga köra, Yevropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qabul qilişi rejalaştirilgan.
Taşrif dasturiga köra YeI delegatsiyasi Samarqand şahrida bölib ötadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uçraşuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlaniş va taraqqiyot yölidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiyada iştirok etadi.
Özbekistonga Mogerini boşçiligidagi delegatsiya kelmoqda
14:35 / 08.11.201719 2511 min









