Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Farmatsevtika tarmoğini boşqariş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni imzolandi. ÖzAda farmon matni keltirilgan.

Farmatsevtika faoliyatini rivojlantiriş uçun şart-şaroitlarni yaxşilaş, aholi va soğliqni saqlaş muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari bilan ta'minlanganlik darajasini yanada oşiriş, ularning işlab çiqarilişi, olib kirilişi va sotilişini muvofiqlaştirişning yagona tizimini joriy etiş maqsadida: 

1. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi (keyingi örinlarda Agentlik deb yuritiladi) taşkil etilsin. 

2. Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasining: 

Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazini; 

Özbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot institutini; 

Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutini; 

“Şarq tabobati” ilmiy-tadqiqot institutini Agentlikka beriş töğrisidagi taklifi ma'qullansin. 

3. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin: 

farmatsevtika tarmoğini barqaror rivojlantiriş strategiyasini, şu jumladan davlat-xususiy şeriklikni joriy etiş orqali işlab çiqiş va röyobga çiqariş, farmatsevtika korxonalari va taşkilotlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, aholi va davlat soğliqni saqlaş muassasalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari hamda tibbiyot texnikalari bilan ta'minlaş dasturlarini amalga oşiriş; 

farmatsevtika bozori kon'yunkturasini örganişni taşkil qiliş, içki va taşqi bozorlarda yuqori sifatli, raqobatbardoş dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalarining yangi turlarini işlab çiqarişni özlaştirişga hamda ularni jahon bozoriga olib çiqişga kömaklaşiş;