Aholi orasida kommunal tölovlardan, ya'ni noreal qarzdorlik haqidagi suhbatlar quloqqa çalinib turadi. Kimdir tabiiy gazdan tölovlarni öz vaqtida tölab borsa ham nazoratçilar kelib, “falon söm qarzingizni tölab qöying”, degan vajni aytişmoqda. Aslida bunday işlarni ayrim nafsi hakalak otgan nazoratçilar qilayotganliklari ham aniqlanmoqda, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Ta'kidlaş joizki, bunday holatlar xalq orasida haqli norozilik va e'tirozlar yuzaga kelişiga, ariza va şikoyatlar yozilişiga sabab böladi. Qolaversa, adolat mezonlari buzilgan joyda öz-özidan qonunbuzarlik va jinoyatga yöl oçiladi.

Umid Jumayev (ism-familiyasi özgartirilgan) 2013 yilda “Ğarbgazta'minot” unitar korxonasi “Romitangaz” filialiga işga kirgan bölib, uç yil davomida özining işini “puxta” örgandi. Aniqroği, u bu davrda nazoratçi sifatida iste'molçilarni “çuv” tuşirişni, ularning işonçiga kirib, pora talab qiliş yöllarini özlaştirdi. Şu bois jinoyat jarligi yoqasiga kelganini payqamay ham qoldi. 

Romitan tumanidagi “Garanşoh”, “Boğisaydon”, “Boğiturkon”, “Qahramon” mahalla fuqarolar yiğinlari hududi nazoratçisi bölgan U.Jumayev öziga biriktirilgan hududda yaşovçi aholining gaz hisoblagiç körsatkiçlarini har oyda yozib borişi, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlarini aniqlasa, ularni bartaraf etişi, gaz tölovlaridan qarzi bölgan iste'molçilarni belgilangan tartibda ogohlantirib, tegişli tartibdagi hisobotlarni filial nazoratçilar bölimi katta ustasiga taqdim etişi kerak edi. Biroq bu şaxs...

U.Jumayev “Qahramon” qişloğida yaşovçi fuqaro Karim Zaripovni juda yaxşi taniydi. Nazoratçi 2014 yil oxirida xonadon egasining tabiiy gazdan bölgan qarzdorligi uçun dalolatnoma tuzib, öz vazifasini halol bajargan edi. U 2015-2016 yillar böyiça ham iste'molçining qarzdorligini aniqladi-yu, fikri buzildi. “Pul işlaşni ayni mavridi keldi”, deya “iş”ga kirişdi.

-  “Hisobdon”ni standartdan ötkaziladigan muddati ötib ketibdi. 3 million sömga yaqin qarzingiz ham bor.., - U.Jumayev biroz öylanib turib, gapida davom etdi. – Nima qilamiz?

-  Biror iloji bordir? – dedi xonadon egasi.

-  Mayli, men sizni tuşundim. Taniş bölganingiz uçun sizga yordam bermoqçiman. Siz bemalol gazdan foydalanavering. Keyin özaro hisob-kitob qilamiz.

Ötgan yilning avgustida U.Jumayev telefonda K.Zaripov bilan gaplaşadi.

-  Qarzingizni kompyuterdan biroz kamaytirdim, aka. 1 mln. 200 sömça qarzingiz qoldi.