Kun.uz yangi loyihani taqdim etadi. Unda Özbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy elçixona va taşkilot rahbarlari bilan suhbatlar havola etib boriladi. Loyihaning birinçi mehmoni sifatida Buyuk Britaniya Qiroliçasi Zoti Oliyalarining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Kristofer Allen bilan suhbat uyuştirildi.
Janob Allen suhbatning boşidanoq Özbekiston bilan avvaldan tanişligini bildirib ötdi.
«Talabalik davrimdanoq, taxminan bundan 20 yillar avval, Özbekiston va Markaziy Osiyo davlatlariga qiziqiş paydo bölgandi. Ğarb uçun qisman notaniş, sobiq ittifoq örnidagi uşbu mamlakatni örganiş, özbek xalqi bilan yaqindan tanişiş rejamda azaldan bölgan. Ingliz yozuvçisi Kollen Subronning «Yöqotilgan Osiyo qalbi» nomli kitobi hamda Robert Bayron qalamiga mansub «Oksianaga yöl» asari bilan tanişib çiqqanimdan söng ana şu iştiyoq menda yana alanga ola boşladi.
1998 yil Özbekistonga taşrif buyurişga harakat qildim, ammo köp sabablarga köra bu amalga oşmadi. Şunga qaramay, mehnat faoliyatimda Özbekistonda işlaş nasib etdi va şu zahotiyoq rus tilini örganişga kirişdim. Samarqandlik özbek muallimasi nazoratida qisqa muddat içida köp narsani örganişga harakat qildim. Londondagi özbek diplomatlari bilan suhbatda böldim, umuman, şu yerga kelişdan avval umumiy tasavvurga ega böliş uçun özimni tayyorladim», deydi elçi.

Kristofer Allen bugungi davr Özbekistonda diplomat sifatida faoliyat körsatiş uçun eng qiziq palla ekanini qayd etib ötdi. Uning fikriça, özgarişlar va islohotlar yangi prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan tuzilgan Harakatlar strategiyasi dasturida aniq körsatib ötilgan. «Ana şu körsatilgan maqsadlarning barçasi 5 yilda amalga oşirilişi şart emas, asosiysi, mana şu özgarişlarni bajariş uçun siyosiy irodani ifoda etib bera oliş muhim. Çunki, ayrim masalalar öz vaqtida va sifatli adoğiga yetkazilişi mumkin, boşqalari esa yana uzoqroq vaqt va katta resurs talab qiladi. Barçasi birdan özgarişini kutiş mantiqqa töğri kelmaydi, davlat xizmatçilari ham, resurslar ham çeklangan. Nima bölganda ham boşlangan işlarni davom ettiriş va ularni yakuniga yetkaziş kerak. Biz buni kuzatib borişdan mamnunmiz», deydi Kristofer Allen.
Elçi diplomat poytaxtdan taşqariga nazar taşlaşi, mahalliy aholi va tadbirkorlar bilan yaqindan suhbatda bölişi juda muhim masala, deb hisoblaydi: «Ana işonçimga sodiq qolgan holatda, mamlakatning deyarli barça hududida böldim. Faqat viloyatlarga taşrif buyurib, turli manzaralarni körgaç, amin bölasizki, bu haqiqatan ajoyib va gözal yurt. Prezidentning özi ham viloyatlarga taşrif buyurganda, avvalo, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, aholi turmuş tarziga qiziqadi. Ayniqsa, işsizlik va yangi iş örinlari yaratiş masalasiga köp e'tibor qaratilmoqda».










