Özbekiston hukumati joriy yilda majburiy mehnat, obodonlaştiriş va haşar işlariga kişilarni majburlaş holatlariga qarşi qattiq kuraşni boşladi. Haqiqatan, erişilgan natija maqtaşga arzigulik: 2017 yili faqat 87 foiz kişi öz xohişiga köra paxta dalasida işlagan, bu yil körsatkiç ösdi.
Xalqaro mehnat taşkiloti e'lon qilgan monitoring hisobotiga köra, 2018 yili paxta terim mavsumida 93 foiz işçilar öz istagi bilan dalaga çiqqan. Ammo, qolgan 7 foizning taqdiri, özi xohlamagan işni bajarişga majburlangan kişilarning huquqlari poymol etilişiga nima sabab böldi?
Ma'lum qilinişiça, şu yili 169ta holat böyiça mahalliy taşkilot, hokimlik rahbarlarni ma'muriy javobgarlikka tortiş masalasi körib çiqildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Telegram-kanaliga 1949ta murojaat kelib tuşgan bölib, qariyb 200ga yaqin inspektor hududlarda monitoringni olib borişdi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mavsum boşida 2,6 million kişining mehnatga jalb etilişi haqida bildirib, 2,6 trillion sömdan oşiq mablağ işçilar mehnatiga haq tölaş uçun tayyorlab qöyilgani aytilgandi. Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov aytganidek, haqiqatan paxta mavsumiga kişilarni köproq jalb etiş maqsadida mehnatga haq tölaş ança jonlandi, pullar öz vaqtida, iş joyida va oşirilgan narxlarda tarqatildi. Ammo, rejadagi 2,6 million kişi yoxud umumiy işçilarning 7 foizi umuman bu işlar bilan şuğullanişni istamagandi.
Video: YouTube
Video: Tas-IX
Buyuk Britaniyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Kristofer Allenning ta'kidlaşiça, mahalliy hokimlik rahbarlari oldida belgilangan kvotani töldiriş masalasi oçiq qolarkan, mehnatga u yoki bu körinişda kişilarni jalb etiş davom etişi tabiiy.
«Bu bir keçada amalga oşiriladigan islohot emas», - deb tan oladi elçi.
Ammo, vaziyatga haqiqiy baho berilsa, paxta mavsumida tabiat injiqliklari, kvotani töldiriş kabi masalalar hokimlarga bosimni kuçaytiradi. Biroq, Özbekiston joriy yilda 2,3 million tonna paxta yetiştirdi. Bu nimani anglatadi?











