8 noyabr kuni Özbekiston Matbuot va axborot agentligining katta majlislar zalida «Bolalar adabiyoti: muammolar va istiqbol» mavzuidagi ilmiy-amaliy seminar hamda «Özbek bolalar adabiyoti antologiyasi» kitobining taqdimoti bölib ötdi. Tadbirni Özbekiston Matbuot va axborot agentligi Boş direktorining birinçi örinbosari Sobir Sayfiyeviç Şukurov oçib berdi.
2017 yilning 8 sentabrida qabul qilingan «Bolalarni ularning soğliğiga zarar yetkazuvçi axborotdan himoya qiliş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni va 2017 yiling 13 sentabrida «Kitob mahsulotlarini çop etiş va tarqatiş tizimini rivojlantiriş, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oşiriş hamda tarğib qiliş böyiça kompleks çora tadbirlar dasturi töğrisida»gi Prezidentimiz Qarori e'lon qilingandi. Mazkur qonun va qaror doirasida bugun kunda Özbekiston Matbuot va axborot agentligi köpgina işlarni amalga oşirmoqda. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda ötkazilgan uşbu seminar ham mazkur işlarning bir qismidir. Ilmiy-amaliy seminarda bugungi kunda bolalar uçun yaratilayotgan adabiyotlar, ularning saviyasi kabi köplab masalalar muhokama qilindi.
Özbekiston Fanlar akademiyasidan adabiyotşunos olim Rahmatilla Barakayev, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasidan adib Erkin Malik va Çölpon nomidagi NMIU boş muharriri Davron Uluğmurodov bugungi kun bolalar adabiyoti va uni çop etiş muammolari töğrisida öz mulohazalarini bildirib ma'ruza qilişdi.
Ilmiy-amaliy seminar yakunida Çölpon nomidagi NMIU tomonidan çop etilgan «Özbek bolalar adabiyoti antologiyasi» kitobining taqdimoti bölib ötdi. Tadbirda X.Töxtaboyev, Anvar Obidjon, Iqbol Mirzo kabi taniqli adiblar hamda Alişer Navoiy nomidagi Özbek tili va adabiyoti universiteti öqituvçilari va talabalari iştirok etişdi.
Matbuot va axborot agentligida bolalar adabiyotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi
15:55 / 09.11.20175 7572 min







