Millat muammosi – nega özbek bolalar adabiyoti “koma”dan çiqolmayapti?
|18:26 / 03.06.202317 59711 min
Özbek bolalar adabiyotida böşliq qayerda? Nega mas’ullar bu mavzuga ögay köz bilan qaraydi? Nima uçun sohani rivojlantirişni heç kim böyniga olmaydi? Kun.uz şu savollarga javob topiş uçun soha mutaxassislarini muhokamaga taklif qildi.
Yaqinda e’lon qilingan savodxonlik böyiça xalqaro reytingda özbekistonlik maktab öquvçilari 49-örinni egalladi. Natija Afrika ayrim davlatlari öquvçilariniki bilan deyarli bir xil. Ta’lim uçun sarflanadigan milliardlar özini qançalik oqlayapti? Xalq, jamiyat kitobdan qaçon bunçalik uzoqlaşdi? Quyida mutaxassislar fikriga quloq tutamiz
Bolalar adabiyoti – böşliq qayerda?
Muazzam Ibrohimova bolalar psixologi va yozuvçisi
— Bolalar adabiyotidagi muammo — millat muammosi. Muammo bolalar adabiyotiga past nazar bilan qaraşdan boşlangan. Hozir ham şunday holat. Yozuvçilar uyuşmasidagi Bolalar adabiyoti bölimi Anvar Obidjon, Xudoyberdi Töxtaboyev, Tursunboy Adaşboyev davrida yaxşi işladi. Hozir bolalar adabiyotiga heç qanday rağbat yöq.
Özim 3 ming nusxada kitob çiqardim, lekin sotolmadim. Hatto bolasini kitob olişdan qaytargan onalarni ham kördim. Ba’zi oilalarda ota-ona umuman kitob öqimaydi. Bolaga şunçaki kitob berib qöyiş iş bermaydi, ular bilan birga öqiş kerak. Sahna asarlari tarzida rol ijro qilib berib, hatto eng körimsiz kitobga ham bolani qiziqtiriş mumkin.
Yoşligimda kitob dökoniga kirib, pulim yetmagan kitoblarni öşa yerning özida öqirdim. Uyimizdagi javonda kitoblar yoşimizga moslab terib qöyilardi. Dadam qaysi mamlakatga borsa, öşa yerdan kitob olib, telefon qilib kitobdan parça öqib berardi. Safardan qaytguniça intiqib kutardim. Hozir özbeklar dunyoga tarqalib ketdi. Nega endi öşa yerdan kitob sotib olib, uyiga jönatmaydi, nega jönatgan pulidan kitob olib berişni aytmaydi? Töyga, uyga, maşinaga pul ajratiladi, lekin bolaning öqişi uçun ajratilmaydi.
“Galaktikada bir kun”, “Koinot javohiri” kitoblari muallifi Sa’dulla Quronov
— Bolalar adabiyotini rivojlantiriş niyatimiz bölsa, urğuni har xil tadbirlar, kutubxonalarni köpaytiriş, tarjima qiliş, çop etişga bermaslik kerak. Ya’ni bu ham yeçim, lekin asosiysi emas. Ilmiy tadqiqotlarga asoslangan rivojlantiriş rejalarini tuziş kerak. Masalan, bolalar matnini öqiş masalasi bor – matnni neça yoşli bola tuşunadi, qanday anglaydi. Buning ustida tilşunoslar, psixologlar, adabiyotçilar işlaşi kerak. Har bir yoş toifasi uçun luğat yaratiş va yozuvçilarga taqdim etiş kerak. Va buni vakolatli taşkilot nazoratga olişi lozim. Xorijiy tajribada bu narsa bor, tekşiruvçi platforma saytlari ham mavjud. Bizda bunday imkoniyatlar yöq. Badiiy matnga ilmiy yondaşmaslik bolalar adabiyotini oqsatayotgan omillardan.
Mavzuga oid
Özbekça bolalar kitoblari qanday bölişi kerak?
"Plastikakl kim?", "Doktor Çixaxl va uning mudhiş siri" kitoblari muallifi Madina Möminova
– Yoşlarga nasihat qilişmas, qanaqadir yöl bilan tuşuntiriş kerak. Bola bu narsalarni özi tuşunişi kerak, şunda uning aqliga, köngliga örnaşib qoladi. Içki madaniyat böladi. Hozirgi bolalar juda tez va köp narsani qabul qiladi. Ularga çözilib ketgan asarlar yoqmaydi, kitoblar xuddi kino körgandek bölişi kerak.
Asarni yozayotganimda bolalarim bilan maslahatlaşib, fikr olib yozganman. Bolalar uçun asar yozganda ularni hammuallif darajasida jarayonga taklif etiş kerak deb öylayman. Bolalar uçun qiziq bölgan kitob kattalar uçun ham şunday bölişi kerak. Çunki bola kitob öqişi uçun ota-ona birga öqişi lozim. Ota-ona bola tiliga tuşunib, kirib boradi.
Sa’dulla Quronov:
– Bolalar adabiyoti komada deyişadi. Yaqin ötmişda Anvar Obidjon, Xudoyberdi Töxtaboyev, Tursunboy Adaşboyev kabi katta adiblardan ayrildik. Yangi nomlar yöqligi, bugungi kun bolasining estetik didiga mos asarlar yöqligi katta böşliqni keltirib çiqaryapti. Bolalar adabiyoti maktabi sönib qolgan. Janr masalasi ham bor. Fantastika, komiks kabi yönalişlarda asarlar yöq deyarli. Komiksdagi zamonaviy milliy qahramon yöq. Hatto multfilm qahramoni ham yöq.
Bolalar yoşiga möljallangan özbekça kitoblar bormi?
Sa’dulla Quronov:
– Dinara Möminova kiçik yoşdagi bolalar uçun rasmli kitoblar yaratdi, 3-5 yoşli bolalar uçun birinçi bölib kitoblar yozdi. Qolaversa, Saida Raşidovaning «Döpka voqeasi» kitobi ham bor. Yaqin yillarda Erkin Malikning «Çumolilar mamlakati» kitobi, Qobiljon Şermatovning «Bobomning oşqozonidagi mamlakat» kitobi çiqdi. Özim esa ilmiy fantastika janrida yozaman, çunki özbek adabiyotida bu yönaliş oqsayapti. Ilmiy fantastikada voqealar ilm-fan bilan asoslanadi. Fan haqida bilimga ham ega böladi bolalar. «Galaktikada bir kun» nomli kitobimda 12 yoşli Ahmad ismli bola haqida gap boradi. Unda Ahmad kemasi buzilib qolgan özga sayyoraliklarga yordam beradi. Kitobda astronomiyaga oid ma’lumotlar berib ötilgan, bu esa bolalarga qiziqarli.
Muazzam Ibrohimova:
– Zamira Ibrohimovaning yoş toifalariga ajratilgan töplami bor. Bir marta naşr etildi xolos, hozir esa yöq. Gulnoza Tojiboyeva degan bolalar yozuvçisi ham şunaqa şaklda kitob qilyapti. Umuman olganda, harakatlar bor. Yoşlar işlari agentligi tomonidan ham bolalar adabiyotiga bağişlangan tanlovlar böldi. U yerda ham öziga yaraşa kamçiliklar böldi. Bolalar adabiyotini rağbatlantiriş uçun toza odamlar işlaşi kerak, moddiy manfaat öylaydiganlar emas.
Turkiyada bolalar adabiyoti qanday rivojlandi?
Muazzam Ibrohimova:
– 20 yilça oldin Turkiyada ham xuddi şunday kitobxonlik darajasi tuşib ketgan. Anjuman ötkazilib, muhokamalar bölgan. Bolalar adabiyoti uçun juda katta mablağ ajratilgan, hozir ham şunday.
Turkiyaga köp boraman va u yerdagi bolalar adabiyotini örganaman, kitob dökonlariga kiraman. U yerda yozilgan asar çop etilişidan oldin bolalar yozuvçilariga va yoşi möljallangan bolalarga beriladi. Ular öqib xulosa berişadi, bolalar ham öz fikrini aytadi. Şunga köra yana özgartirişlar böladi, kamçiliklar töğrilanadi. Kitob şu darajaga keltiriladiki, bola uni öqiydi, albatta. Dökonlardan kitobsiz çiqib ketayotgan onani körmaysiz, kitob dökonlarning eng yaxşi qismi ham bolalarga ajratilgan. Bundan taşqari, barça kitoblar rang-barang, bir rangi yoqmasa, boşqasini oladi bola. Narxlar ham arzon.
Turkiyada «Diyonat vaqfi» fondi tomonidan juda katta kölamda kitoblar çop etiladi. Ayniqsa, bolalar adabiyotiga e’tibor berilgan. Faqatgina latifalar qahramoni sifatida tuşuntiradiganimiz Nasriddin Afandi nomidagi kutubxona ham bor. Bu qahramon aqlli, ma’rifatli, namunali inson sifatida tanitiladi.
Bundan taşqari, Anqaradagi Millat kutubxonasida kitob yoziş böyiça tanlov e’lon qilinib, öşa bolalar yozgan qölyozmalar kutubxonaga qöyilgan. Kelajakda buyuk yozuvçi bölib ketişsa, birinçi qölyozma bizda deb maqtanamiz, degan gaplardan bola qançalik ruhlanadi?! Kutubxonaçilarga bibliopsixodogiya ham öqitiladi. Ya’ni kutubxonaçilar bolaning psixologiyasini bilişi lozim, kerakli kitob tavsiya eta olişi, qiziqtirişi kerak böladi.
Kim nima qilişi kerak?
Sa’dulla Quronov:
– Rivojlangan mamlakatlarda bolalar adabiyoti katta subsidiya oladi. Soliqlardan ozod qilinadi. Loyihalar qilinadi, katta mablağ ajratiladi. Şu tomondan ham bizda aniq loyihalarni körmadim. Yoşlar ittifoqi tomonidan «Bolalar uçun eng yaxşi kitob» tanlovini ötkazdi. Yaxşi natija beruvçi tanlov böldi, yangi nomlar kaşf etildi, yangi asarlar çiqdi. Katta mablağ, rağbat ortida böldi bular.
Xorijda esa bolalar adabiyoti böyiça alohida taşkilotlar mavjud. Barça resurslar şunga yönaltirilgan alohida taşkilot yöq bizda. Xalq ta’limi vazirligi qoşida Respublika bolalar kutubxonasi bor faqat. Lekin uning asosiy işi maktablarni kitob bilan ta’minlaş, ijodiy, ilmiy izlanişlar yöq.
Men aytayotgan narsalarga köp pul ketadi. Tadqiqotlar böladi, platformalar yaratiladi. Biror bir taşkilotga şu vakolat berilib, imkoniyat yaratilsa, yaxşi bölardi.
Bizda intellektual mehnat yaxşi qadrlanmaydi. Naşriyot katta şartnoma taklif etolmaydi, barçasi xususiylaşib ketgan. Oldin bolalar adabiyotiga ixtisoslaşgan Çölpon nomidagi naşriyot bor edi. Şaxsiy naşriyotlar ham kitobxonlik madaniyati pasaygan jamiyatimizda özining moddiy holatini zörğa uşlab yuribdi. Davlat bolalar adabiyoti uçun alohida investitsiya kiritişi kerak.
Şu bilan birga, ma’lum bir asardan bolalarning estetik zavq oliş darajasi baholanmagan bizda. Oliy ta’limga test topşirilganda ham faqat fakt ma’lumotlar söraladi. Ya’ni bolaning asarni tuşuniş darajasi baholanmaydi. Bola asardagi ma’lumotlarni yodlasa böldi hozir. Kitobxonlikka bölgan muhabbat sönib qoldi öz-özidan. Adabiyot darsliklarida berilgan asardan parçalar töliq asarni öqişga tortuvçi, qiziqtiruvçi bölişi kerak. Kitobxonlik madaniyati söndi. Yaqin 30 yilda ta’lim olgan insonlar kitob ahamiyatini his etolmasligi uzoqni körolmaslik xolos.
Nima qilsak kitobxon millat bölamiz?
Muazzam Ibrohimova:
– 40 mlnga yaqinlaşyapti xalqimiz. Faqatgina juda kam odam kitob öqiyversa, faqat mardikorlar çiqadi. Dunyoni uşlaydigan avlodlar yetiştirib bölmaydi bu ketişda. Naşriyotlar çiqargan kitobi sotilmagunça boşqa kitob çiqarişi qiyin. Çunki mablağ yetişmaydi. Naşriyotlarga eng kam foizlarda kreditlar berilişi, grantlar ajratilişi kerak.
Bolalar adabiyotiga kirişimga sabab bolalarimga ma’lum kitoblarni, ertaklarni öqib bergaç, nima öqib berişni bilmay qolganman. Bolalarimga ertak töqirdim özim... Harakatlarim besamar ketmadi, oliygohlarni a’lo baho tugatyapti farzandlarim. Hozir 4 yoşli kiçkina öğlim dinozavrlarni nomma-nom biladi, turlarini aytib beradi. Şunçaki ma’lumotlarni öqib bermaymiz, singdiramiz, muhit yaratamiz. Şu dinozavrlarga qiziqiş ortidan rus, turk tillarini örganyapti. Biz ham bolaga qöşilib öşa olamga kirib tuşuntiramiz, qiziqiş bildiramiz, yana kitoblar olib kelib beramiz. Aytmoqçimanki, onalar öqişi kerak, özi qiziqmasa ham qöliga kitob olsin. Ona öqimişli bölsa, millat öqimişli böladi va şu millatning boşqa millatlar içida öz örni, hurmati böladi.