Buyuk Britaniyaning BBC naşri barça davrlarning 100 ta eng yaxşi bolalar kitobi röyxatini tuzdi. Reyting butun dunyo böylab bolalar yozuvçilari, illyustratorlar, muharrirlar, naşriyotlar, kutubxonaçilar va kitobxonlar örtasida ötkazilgan sörovnoma asosida tuzilgan.

Birinçi örinni amerikalik yozuvçi Moris Sendakning 1963 yilda naşr qilingan «Maxluqlar yaşaydigan manzil» (Where the Wild Things Are) ertagi egalladi. Sörovda iştirok etganlarning 7 foizi uni «eng yaxşi kitob» deb hisobladi.

Ikkinçi örinda britaniyalik yozuvçi Lyuis Kerrollning «Alisa möjizalar mamlakatida» (Alice's Adventures in Wonderland, 1865) kitobi, uçinçi örinda şvetsiyalik yozuvçi Astrid Lindgrenning «Peppi – uzun paypoqça» (Pippi Longstocking, 1945) asari qayd etildi.

Röyxatda özbekistonlik adib Ğafur Ğulomning «Şum bola» (1936) asari ham bor. U 73-örindan joy olgan.

Şuningdek, 100 ta eng yaxşi bolalar kitoblari röyxatiga «Kiçkina Şahzoda», «Hobbit», «Vinni-Momiq», «Harri Potter va hikmatlar toşi», «Çarli va şokolad fabrikasi», «Pinokkio sarguzaştlari», «Aka-uka Grimm ertaklari», «Uzuklar hukmdori», «Xazinalar oroli», «Çipollino sarguzaştlari», «Paddington ismli ayiq», «Tomda yaşovçi Karlsson», «Şlyapali muşuk», «Oz mamlakatidan kelgan afsungar» kabi kitoblar ham kirgan. 

Ğafur Ğulom – özbek şoiri, publitsist, 1903 yilda Toşkentda tuğilib, 1966 yilda vafot etgan. «Qöqon-batrak», «Yöldoş» poemalari, «Netay», «Şum bola», «Yodgor», «Tirilgan murda» qissalari, köplab şe’riy töplamlari, durdona asarlarning tarjimalari bilan maşhur. U ijodiy yutuqlari uçun bir qança davlat mukofotlariga sazovor bölgan.