Isroil politsiyasi mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyaxuni bir neça soat söroq qilganini tasdiqladi. Netanyaxuga nisbatan uning iste'fosiga olib kelişi mumkin bölgan ikkita tergov olib borilmoqda.
Netanyaxu işbilarmonlardan qimmatbaho sovğalar olişda va Isroildagi eng yirik naşriyot uylaridan biri “Yediot Axronot” egasi bilan hukumatning faoliyatini yaxşi tomondan yoritiş böyiça kelişişga urinişda gumonlonmoqda. Netanyaxu naşriyot uyi egasiga bu “xizmati” evaziga naşriyot uyining asosiy raqobatçisi “Israel xa-Yom” bepul gazetasi imkoniyatlarini çeklovçi qonunni qabul qilişga va'da bergan.
“Biz, boş vazir bugun (9 noyabrda) “Laxav-433” olib borayotgan tergovlar doirasida bir neça soat davomida Al-Qudsdagi qarorgohida söroq qilinganini tasdiqlaymiz”, deb aytilgan politsiya bayonotida. “Laxav-433” bölimi öta oğir jinoyatlar va korrupsiya işlarini tergov qiliş bilan şuğullanadi.
Netanyaxu uşbu işlar böyiça umumiy hisobda 5 marta söroq qilingan. Uning tergovçilar bilan avvalgi uçraşuvi mart oyida bölib ötgan. Öşandan keyin politsiyada guvoh paydo bölgan. Bu guvoh boş vazir devonining sobiq boşliği Ari Xaro bölib, u özining qonunga xilof qilmişlari uçun jazoning yumşatilişi evaziga özida mavjud bölgan ma'lumotni oşkor qilişga rozi bölgan. Politsiya avvalroq uşbu işlarda korrupsiya, firibgarlik va işonçni suiste'mol qiliş alomatlarini qidirayotganini ma'lum qilgan.
Netanyaxuning özi esa heç qanday qonunbuzarlikni amalga oşirmaganini va yana köp yillar davomida mamlakatni boşqarişini ta'kidlamoqda. U muxolif siyosatçilar va jurnalistlarni politsiya va prokuraturaga bosim ötkaziş yöli bilan töntaruv amalga oşirişda ayblamoqda. Agar tergov boş vazirga ayblov qöyiş bilan yakunlansa, unda uning iste'foga ketişi masalasi kötariladi.












