Bentley kompaniyasi haşamatli elektrokar işlab çiqiş imkoniyatini körib çiqmoqda. U 4 eşikli  Porsche Mission E şassisida işlab çiqilişi mumkin, deb yozadi Automobile.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, yangi Bentley modeli Barnato deb atalişi ehtimol. Elektrokar Britaniya kompaniyasining sobiq rahbari va «Le-Man» avtopoygasining 3 karra çempioni Vulf Barnato şarafiga şunday nomlanadi. Yangi elektromobil Porsche Mission E kabi 4 eşikli va 4 örindiqli böladi. Ammo uning dizayni özgaradi va saloni yanada dabdabaliroq jihozlanadi. 

Hozirça elektrli Bentley maşinasining texnik körsatkiçlari xususida ma'lumotlar yöq. Ammo Mission E umumiy quvvati 600 ot kuçiga teng 2 ta elektromotor bilan jihozlanişi ma'lum. U ilk «yuzlik»ka 3,5 soniyada erişadi. Mission E bir marta quvvatlantirilgaç, 500 kilometrga yaqin yuradi. 

«Porşe» öz elektrokarini 2019-2020 yillarda işlab çiqişi kutilmoqda. U taxminan Panamera narxida böladi. Ammo Bentley elektromobili qaçon konveyerga qöyilişi noma'lum.