AQŞ Prezidenti Donald Tramp Filippin poytaxti Manilaga keldi. Bu haqda AP xabar tarqatdi.
Qayd etilişiça, u Janubi-şarqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitida iştirok etadi. Tramp Filippin prezidenti Rodrigo Duterte bilan ham uçraşişni rejalaştirgan.
Duterte Trampni muhim mehmon kabi qabul qilişga va'da bergandi. 11 noyabr kuni Oq uy rahbari Filippin prezidenti bilan Vetnamdagi OTIH sammiti vaqtida ilk marta körişgani haqida ma'lum qilgandi.
Bundan avvalroq Tramp taşrifi arafasida Manilada namoyişlar boşlangani, politsiya namoyiş iştirokçilarini kuç bilan tarqatayotgani haqida xabar berilgandi.








