Sevgi-muhabbat va uruşda hamma vositalardan foydalangan yaxşi. Azaldan insoniyat özini özi qirib yuboruvçi vositalarni çeklaşga harakat qilib kelgan: qadimgi yunonlar kamonni qörqoqlar quroli deb ataşgan, örta asrlarda töplardan foydalaniş va çaşmalarni zaharlaşni noinsoniy deb bilişgan. Bugungi kunda biz yadro bombalaridan foydalanişni taqiqlaş payidamiz. Quyida dnpmag.com tomonidan tuzilgan röyxatda eng xavfli qurollar nomi keltirilgan bölib, jahonning birorta armiyasi formal jihatdan uni işlatmaydi. Formal jihatdan.

Kimyoviy qurol

Kimyoviy qurolning oltin asri Birinçi jahon uruşi davridayoq kelib bölgan edi. Töğri, 1928 yilda Jyenevada zaharli gazlarni taqiqlaş töğrisida birinçi bayonnoma imzolangan edi, biroq bu na Germaniyaga, na Yaponiyaga Ikkinçi jahon uruşi davrida ulardan foydalanişga tösiq böla oldi. Vetnamda AQŞ armiyasi ham kimyoviy moddalarni işlatişdan tap tortmagan, şu sababli keyinçalik — 1997 yilda bunday qurollarni yana bir bor, qat'iy taqiqlaşga töğri keldi. Biroq, bugungi kunda ham masala tölaligiça hal etilmagan: rasman kimyoviy qurollarning mavjud arsenali faqat 2020 yilga borib töliq yöq qilinadi.
 

Napalm (yondiruvçi qurol)

1942 yilda AQŞ harbiy maşinasi duşmanga eng köp qirğin keltiradigan va boşqariş qiyin bölgan ommaviy öldiriş quroliga ega böldi. Napalm Isroil, Iroq va Argentina tomonidan işlatilib kelinayotgandi, biroq 1980 yilga kelib BMT yondiruvçi qurolni taqiqlaş haqida Bayonnoma qabul qildi. Napalm armiyalarning arsenalidan yöq bölib ketarmikan? Kim biladi deysiz...

 

Biologik qurol

2001 yilda terrorçilar butun dunyo böylab Sibir kuydirgisi bilan zararlangan xatlarni yöllab, juda taşvişli hujumni sodir etişdi. Bakteriologik qurol 1972 yildayoq taqiqlangan, biroq heç kim şubha qilmaydiki, köplab davlatlar hozir ham turli yuqumli kasalliklarning unikal ştammlari ustida iş olib borişmoqda va bunday kasalliklar insoniyat mavjudligini söroq ostiga keltirib qöyişi mumkin.