Suriyaning Halabdagi qurolli kuçlari ma'lumotlariga köra, terrorçilar Halabning janubi-ğarbida Suriya armiyasi pozitsiyalari va qurolli kuçlariga qarata tarkibida zaxarli gaz bölgan snaryadlar bilan hujum qilişgan. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
"Jangarilar bizga va Asadning akademiyasi hududidagi harbiylarga qölda yasalgan zaxarli gaz snaryadlari bilan hujum qilişdi. Bunda aynan qaysi kimyoviy modda qöllanganini aytiş hozirça qiyin", - dedi agentlikka bergan xabarida qurolli kuçlar a'zosi.
Bundan avval mamlakat hukumati Ğarbning Suriya harbiylari tomonidan kimyoviy qurollarning qöllanilişi borasidagi ayblovini inkor qilgandi.
BMT ma'lumotlariga köra, Suriya hukumati öz hududida kamida 3 marta kimyoviy hujum uyuştirgan.

















