2024 yilda jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlarda tinç aholi piyodalarga qarşi minalardan tobora köproq jabr kördi. Bu haqda Handicap International nodavlat taşkiloti tomonidan duşanba kuni, 1 dekabrda Jyenevada taqdim etilgan hisobotda aytilgan. Ekspertlarning hisob-kitoblariga köra, 2024 yilda minalar 6279 kişini öldirgan yoki yaralagan, ularning 90 foizini tinç fuqarolar taşkil etgan, zarar körganlarning yarmi esa bolalardir. Portlaşlarning köpçiligi Myanmada röy bergan — bu yerda hunta tinç aholiga qarşi piyodalarga qarşi minalardan foydalanmoqda. Taşkilot jabrlanuvçilar soni oşişini dunyo böylab faol qurolli töqnaşuvlar köpaygani bilan boğlamoqda.

Handicap International BMTning piyodalarga qarşi minalardan foydalanişni taqiqlovçi Ottava konvensiyasi bajarilişi ustidan kuzatuv olib boradi. Uşbu kelişuv iştirokçi davlatlarni heç qaçon va heç qanday şaroitda bunday minalarni işlatmaslikka, işlab çiqarmaslikka, xarid qilmaslikka, şuningdek, ularni zaxiraga jamlamaslikka va uçinçi tomonlarga ötkazmaslikka majbur qiladi. Bu turdagi qurol ayniqsa ğayriinsoniy va şafqatsiz, deb hisoblanadi, çunki mina harbiylarni ham, tinç fuqarolarni ham farqlamasdan zarar yetkazişi mumkin.

Ottava konvensiyasini 100 dan ortiq davlat imzolagan. Ular orasida Rossiya, AQŞ va Xitoy kabi yirik davlatlar yöq. RF dunyodagi eng katta piyodalarga qarşi minalar zaxirasiga ega — taxminan 26 million dona. Ulardan köp qismi Ukrainaga qarşi uruşda allaqaçon işlatilmoqda.

Handicap International hisobotida, jumladan, beşta Yevropa mamlakati — Finlandiya, Estoniya, Latviya, Litva va Polşa tanqidga uçragan. Rossiyaning Ukrainadagi uruşi fonida bu davlatlar Ottava konvensiyasidan çiqiş niyatini e’lon qilgan. Ular Rossiya va Belarus bilan quruqlik çegarasi böylab ehtimoliy harbiy tajovuzdan himoyalaniş maqsadida mina kamarini barpo etişni rejalaştirmoqda.

Joriy yil yozida Ukraina ham kelişuvdan çiqişini e’lon qildi. Şunga qaramay, konvensiya şartlariga köra, Kiyev Rossiya bilan uruş tugamagunça unda nazarda tutilgan barça majburiyatlarga amal qilişni davom ettirişi kerak.

Handicap International ekspertlarining qayd etişiça, Ukraina Ottava konvensiyasiga zid ravişda piyodalarga qarşi minalarni allaqaçon işlatgan bölişi mumkin. 2024 yilda AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga Rossiya harbiy tajovuzidan himoyalaniş maqsadida bunday minalar yetkazişga ruxsat berdi. Bu bilan Vaşington özining 32 yildan beri amal qilib kelgan eksport embargosini buzgan hisoblanadi.