Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada JCh-2018 chiptalarini qalbakilashtirganlarga jazo choralari ko‘rilishi mumkin
Rossiya Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev mamlakatda o‘tkazilishi rejalashtirilgan JCh-2018 o‘yinlari uchun chiqariladigan chiptalarni qalbakilashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentda muhokama qilish uchun taqdim etdi.
Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, mundial uchrashuvlari uchun sotuvga chiqarilgan chiptalarni qalbakilashtirgan yoki noqonuniy savdosini yo‘lga qo‘ygan shaxs uchun ma'muriy javobgarlik belgilanishi mumkin. Shuningdek, FIFA kelishuvi asosida uchrashuv o‘tkazilishi belgilangan maydonga kirish ruxsatnomasini o‘zboshimchalik bilan taqdim etgan mas'ullarga ham jazo tayinlanadi.
Loyihada yozilishicha, yuqorida sanab o‘tilgan holatlar aniqlangudek bo‘lsa, huquqbuzarga nisbatan chipta bahosining 20-25 barobar qiymatidagi jarima belgilanadi. Shuningdek, ushbu jarima summasi 50 ming rubldan kam bo‘lmasligi ta'kidlanmoqda.
Agar bu ko‘rinishdagi huquqbuzarlik holati mansabdor shaxs tomonidan amalga oshirilsa, jarima summasi 200 ming rublgacha belgilanishi mumkin.
Mavzuga oid
15:35 / 16.05.2026
“Sayohatchi ko‘p, temiryo‘l esa bitta” – chipta yetishmovchiligiga qachon barham beriladi?
21:24 / 10.04.2026
AQSh elchixonasi JCh-2026 chiptasi egalari uchun viza suhbatiga yozilish tartibini e’lon qildi
14:11 / 19.01.2026
Silk Avia 1 fevraldan mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha chiptalar narxini oshiradi
17:43 / 19.12.2025