Deyarli har turnir oldidan favoritlar haqida turli fikrlar yangraydi, tahlil qilinadi. Mana şunday doimiy favoritlar sirasiga kiradigan bir qator jamoalarning hammani hayron qoldirib, saralaşdayoq qoqilganini köp kuzatganmiz. Bunday voqealar butun dunyoning nazariga tuşib, katta voqelikni özida aks ettirsa-da, aslida teskarisi, biz yanada kattaroq voqelikdan quruq qolganimizni ham ifodalaydi – bu jamoalarning mundialdagi iştirokidan...

Keling, tarixga safar qilib, mana şunday omadsiz jamoalar haqida eslab ötamiz. Yaqinroq tarix olinganining ham sababi bor, çunki undan oldinroq final bosqiçidagi terma jamoalar soni ança kam bölardi. Ikkinçidan, eski davrlardagi yetakçi terma jamoalar butunlay boşqaça bölgan. Ötgan asr örtalarida yetakçi bölgan Vengriya, Yugoslaviya, Çexoslovakiya, Sobiq Ittifoq, Polşa kabi terma jamoalar hozir u qadar kuçli emas, yoki bölinib ketgan. Şuning uçun aynan top terma jamoalar barqaror bölib kelgan davr haqida fikr yuritdik. 

JÇ-90 FRANTsIYa

80-yillarda dunyoning eng yaxşi terma jamoalaridan biri bölgan fransuzlarning Italiya mundialidan çetda qolişlari köpçilikni hayron qoldirmagan bölişi mumkin, çunki Fransiya Yevro-88 saralaşida ham muvaffaqiyatsizlikka uçragandi. Yevropa çempionining keyingi Yevro final bosqiçiga bora olmasligi tarixda ilk bor kuzatilgandi öşanda. 

Ammo rahbariyat bu muvaffaqiyatsizlikka öz vaqtida reaksiya bermadi, natijada Anri Mişel boşçiligidagi terma jamoa JÇ-90 saralaş öyinlarini ham yomon boşladi. Ana şundagina jamoaga yangi boş murabbiy Mişel Platini olib kelingan bölsa-da, sobiq futbol yulduzi Fransiyani qutqarib qola olmadi. 

JÇ-94. ANGLIYa

Italiyadagi mundialda yarim finalgaça borgan va bölajak çempionlardan faqat penaltilar seriyasidagina mağlubiyatga uçragan inglizlardan AQŞda köp narsa kutişgani tabiiy. 

Ammo Grem Taylor boşqargan Angliya terma jamoasi Norvegiya, Niderlandiya, Polşa va Turkiya kabi terma jamoalar ham joylaşgan guruhda 3-örinni egalladi xolos. Polşa va Turkiyaning u paytlarda u qadar kuçli bölmaganini e'tiborga olsak, asosiy kuraş gollandlar va inglizlar örtasida keçişi taxmin qilingandi. Ammo kutilmaganda Norvegiya terma jamoasi juda kuçli öyinlar körsatdi va Angliyadan ham, Niderlandiyadan ham mağlubiyatga uçramay, guruhni yagona peşqadam sifatida yakunladi.