Toşkentda 17-19 noyabr kunlari PROFORM CLASSIC FESTIVAL sport festivali bölib ötadi. Bu festivalga 10 ta davlat sportçilari taklif qilinganlar.

Festival dasturiga sportning bir neça turlari böyiça musobaqalar kiritilgan. Bu haqda Özbekiston bodibilding, fitnes va mas-restling federatsiyasi ma'lum qildi.

17 noyabrda “Turkiston” saroyida bodibilding va fitnes böyiça çempionat ötkaziladi. 18 noyabrda esa sportning kuç bilan boğliq turlari bilan şuğullanuvçi rossiyalik sportçi Mixail Koklyayev seminar va master-klass ötkazadi.

19 noyabrda esa festival mehmonlarini kuç ekstrimi böyiça jahon kubogi kutmoqda. Musobaqalar “JAR” sport kompleksida bölib ötadi. Unda Özbekiston, Xitoy, Irlandiya, AQŞ, Polşa, Ukraina, Litva, Belarus, Bolgariya, Rossiya, Qozoğistondan 20 nafar eng kuçli sportçi iştirok etadi.